TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi “Sputnik Layt” vaktsinasining klinik sinovlarini oʻtkazishga ruxsatnoma berdi, bundan idoraning maʼlumotlar reyestrida chop qilingan maʼlumot darak bermoqda. Sinovlarni Gamaleya nomidagi markaz oʻtkazadi.
“Klinik tadqiqotlar maqsadi: SARS-CoV-2 virusi keltirib chiqaradigan koronavirus infektsiyasining oldini olishda “Sputnik Layt” preparatining xavfsizligi, bosh kechiruvchanlik qobiliyati va immunogenligiga baho berish. Boshlanishi – 2021 yil 8 yanvar, yakunlanishi – 2021 yil 31 dekabr”, - deyilgan xabarda.
Tadqiqotlarda 150 nafar koʻngilli ishtirok etadi. Sinovlar uchta tibbiyot muassalarida oʻtkaziladi.
Oʻtgan yil dekabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gamaleya nomidagi markaz mutaxassislari COVID-19 ga qarshi “layt-vaktsina” yaratmoqchi ekanini maʼlum qilgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, bu vaktsinaning samarasi kamroq boʻladi, ammo juda koʻplab kishilarni emlash imkoniyati paydo boʻladi. Keyinchalik Gamaleya nomidagi markaz direktori Aleksandr Gintsburg “layt-vaktsina” qoʻllangan keyin immunitet uch hafta ichida shakllanishi va 3-4 oy atrofida saqlanishini tushuntirdi. Bu vaktsinadan foydalanishning asosiy vazifasi koronavirusdan oʻlim yuqori boʻlgan mamlakatlarda oʻlim sonini kamaytirish.