09:41 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
835 0 0

Taʼkidlanishicha, radiatsiyaning COVID-19 ga taʼsirini UrFU va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi olimlari oʻrganmoqda.

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya olimlari radiatsiyaning kuchsiz miqdori koronavirusni yoʻq qilishini aniqlashdi. Bu haqda Ural federal universiteti (UrFU) matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, radiatsiyaning COVID-19 ga taʼsirini UrFU va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi olimlari oʻrganmoqda. Qoʻshma tadqiqotlar davomida yumshoq rentgen va ultra binafshaning koronavirusga oʻzgacha taʼsiri aniqlangan.

Virusning RNK molekulasi inson hujayrasiga tushganda, koʻp joylarda butun uzunligi boʻylab uning shakli oʻzgaradi. Olimlar RNK molekulasining bu oʻzgargan joylari sogʻlom hujayralar molekulariga qaraganda radiatsiyaga ming marotaba sezgirroq ekanini aniqlagan. Shuning uchun virusni oʻldiradigan doza sogʻlom hujayralarga zarar yetkazmaydi.

Shuningdek, ular radiatsiya virusning har qanday mutatsiyasini inson organizmiga hech qanday zarar yetkazmagan holda yoʻq qilishini aniqlashgan. Radiatsiyadan nafaqat insonni davolash va kasalliklarning oldini olishda, balki buyum, mahsulotlar va xonalarni dezinfektsiya qilishda foydalanish ham taklif qilinmoqda.

Hozirda mutaxassislar jamoasi bu kashfiyot asosida davolash qoʻllanmasi ustida ish olib bormoqda.

Teglar:
koronavirus

Asosiy mavzular