03:45 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
21910

Avvalroq shunday tezlashtirilgan jarayon bilan “Sputnik V” vaktsinasi Argentina, Boliviya, Serbiya va Aljirda roʻyxatga olingan edi.

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Falastin Yaqin Sharqda birinchi boʻlib Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini roʻyxatga oldi. Bu haqda Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi (RFPI) xabar qildi.

“Roʻyxatga olish tezlashtirilgan jarayon (emergency use authorization) doirasida davlat hududida qoʻshimcha klinik tadqiqotlarni oʻtkazmagan holda amalga oshirildi”, - deyilgan xabarda.

Falastinga “Sputnik V” vaktsinasini yetkazib berish joriy yilning birinchi choragida rejalashtirilgan. Vaktsinaning birinchi partiyasi ushbu mamlakatga bir oy davomida yetkaziladi.

Vaktsinaning yetkazib berilishi RFPIning Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarldagi xalqaro hamkorlari yordamida taʼminlanadi.

Avvalroq shunday tezlashtirilgan jarayon bilan “Sputnik V” vaktsinasi Argentina, Boliviya, Serbiya va Aljirda roʻyxatga olingan edi.

RFPI bosh direktori Kirill Dmitriyevning soʻzlariga koʻra, “Sputnik V” vaktsinasining yuqori sifati va samaradorligi unga nisbatan koʻplab davlatlar qiziqishining ortishiga sabab boʻlmoqda.

“Biz “Sputnik V” Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrika ortidan Yaqin Sharqda ham taqdim etilishidan shodmiz”, - dedi u.

Dmitriyevning taʼkidlashicha, bu koʻp davlatlar va ular aholisini samarali va xavfsiz vaktsina bilan taʼminlash evaziga koronavirus ustidan tezroq gʻalaba qozonish uchun sayʼ-harakatlarni birlashtirishga imkon beradi.

Mavzu boʻyicha

"Sputnik V" vaktsinasiga ishonish uchun 3ta asosiy sabab - Bloomberg versiyasi
Rossiya SSV “Sputnik Layt” vaktsinasi tadqiqotlariga ruxsat berdi
Venesuelada “Sputnik V” sinovlari: prezidentning oʻgʻli koʻngillilar qatorida – video
"Sputnik V" sinovlari ijobiy oʻtsa, vaktsina Oʻzbekistonda ishlab chiqariladi - Yusupaliyev
Taniqli amerikalik rejissyor “Sputnik V” vaktsinasi bilan emlandi
Qozogʻistonda Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqarish boshlandi
Xorijdagi ilk davlat: Belarusda “Sputnik V” vaktsinasi roʻyxatga olindi
Argentinaga 300 ming doza "Sputnik V" vaktsinasi yetkazildi
Rossiya BSST "Sputnik V" vaktsinasi boʻyicha yaqin olti oyda qaror qabul qilishini kutmoqda
Teglar:
Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi, emlash, vaktsina, koronavirus, Sputnik V, Falastin

Asosiy mavzular