21:59 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Dunyoda
Havola olish
614 0 0

Astronomlar yaqin ikki kun ichida potentsial xavfli 2020 WU5 asteroidi Yerdan sakkiz million kilometr uzoqlikda uchib oʻtadi.

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Astronomlar yaqin ikki kun ichida potentsial xavfli 2020 WU5 asteroidi Yerdan sakkiz million kilometr uzoqlikda uchib oʻtadi. Uning orbita trayektoriyasi NASA reaktiv harakatlanish laboratoriyasining veb-saytida keltirilgan. RIA Novosti xabariga asosan.

2020 WU5 asteroidi 2020 yil 29 noyabrda NEOWISE (Wide-Field Infrared Survey Explorer) kosmik teleskopi tomonidan olingan suratlarda topilgan va 4 dekabr kuni Xalqaro Astronomiya ittifoqi (IAU) elektron kichik sayyora doirasiga kiritilgan.

Fazoviy jismi "Apollonlar" guruhiga mansub boʻlib, ularning orbitalari yerni tashqaridan kesib oʻtadi. Olimlarning fikriga koʻra, uning diametri 0,5-1,1 kilometrni tashkil qiladi.

Asteriodning Yerga maksimal yaqinlashishi 13 dan 14 yanvarga oʻtar kechasi kutilmoqda. Hisoblangan maʼlumotlarga koʻra, uning yorqinligi 12,9 yulduzli kattalikni, burchak tezligi esa daqiqada 33,4 burchak soniyani tashkil qiladi.

Asteroid Yerdan yetarlicha uzoq masofada uchib oʻtishiga qaramay - turli xil taxminlarga koʻra, 8,1 dan 7,5 million kilometrgacha - potentsial xavfli deb tasniflanadi.

Teglar:
AQSH, Asteroid, Quyosh, Oy, kosmos, NASA (AQSH aeronavtika va kosmikni oʻrganish milliy idorasi)

Asosiy mavzular