AQSh Kubani terrorizm homiysi deb e’lon qildi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tishKubinskiy flag nad naberejnoy Malikon
Kubinskiy flag nad naberejnoy Malikon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Donald Tramp ma’muriyati AQShning avvalgi prezidenti Barak Obama davrida qabul qilingan Kuba bilan munosabatlarni yaxshilash kursini o‘zgartirdi. Oldinroq rasmiy Gavanaga qarshi sanksiyalar qo‘llanilgan va Vashingtonning Kuba hukumati bilan o‘zaro hamkorligi to‘xtatilgan edi
TOShKENT, 12 yanv - Sputnik. AQSh Kubani terrorizm homiysi bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi, bu haqda Davlat departamenti rahbari Mayk Pompeoning idora saytida e’lon qilingan bayonotida aytilgan.
Chlen assotsiatsii gruppi antiterrora Alfa podpolkovnik zapasa Andrey Popov - Sputnik O‘zbekiston
Nega markaziy osiyoliklar terrorchilar hamtovoqlariga aylanadi - Popov sharhi
Ta’kidlanishicha, bu Gavana tomonidan ko‘plab marotaba "xalqaro terrorizm aktlarini sodir etishda aralashuvi va terroristlarni yashirib kelgani" tufayli amalga oshirilgan.
"Biz yana bir bor Kuba hukumatini javobgarlikka chaqiramiz va aniq signal yuboramiz: Kuba rejimi terrorizmni qo‘llab-quvvatlashni va Amerika adolatiga putur yetkazishni to‘xtatmog‘i lozim", - deyiladi AQSh tashqi siyosiy mahkamasi bayonotida.
O‘z navbatida Kuba TIV rahbari Bruno Rodriges Parilya ushbu qarorni munofiq va surbetona, deya atab, AQShni siyosiy opportunizmda aybladi.
Sveti u portreta Fidelya Kastro - Sputnik O‘zbekiston
Kastrodan keyingi Kuba: Ozodlik orolidagi sotsialistik loyiha natijalari
"Biz AQSh tomonidan Kubaning munofiqlarcha va surbetlarcha terrorchi-davlat deya kvalifikatsiya qilinishini qoralaymiz. Ushbu aksiyaning siyosiy opportunizmi (opportunizm - o‘z manfaatlarini ko‘zlash, shu jumladan firibgarlik yo‘li bilan ham ma’nosida, - tahr.) terrorizm balosi va uning qurbonlaridan chin dildan xavotirlanayotganlar tomonidan samimiy tan olinadi", - deb yozdi u Twitter da.
Donald Tramp ma’muriyati AQShning avvalgi prezidenti Barak Obama davrida qabul qilingan Kuba bilan munosabatlarni yaxshilash kursini o‘zgartirdi. Oldinroq rasmiy Gavanaga qarshi sanksiyalar qo‘llanilgan va Vashingtonning Kuba hukumati bilan o‘zaro hamkorligi to‘xtatilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0