12:27 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
43010

Turkiya prezidenti NATOni alyans mamlakatga terrorizmga qarshi kurashda yetarlicha yordam bermayotganlikda aybladi.

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan NATOni alyans mamlakatga terrorizmga qarshi kurashda yetarlicha yordam bermayotganlikda aybladi.

“YEI va NATO xavfsizligi bizning sharqiy chegaralarimizda boshlanadi. Biz NATO doirasida terrorizmga qarshi kurash hamkorligidan hech qachon voz kechmaganmiz. Nega NATO mamlakatlari bizni terrorizm bilan kurashda yolgʻiz qoldirmoqda? Kim, Turkiyadan tashqari, “Islom davlati”* bilan kurashmoqda”, - dedi Erdogʻan Anqaradagi chiqishi vaqtida. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Shuningdek, u AQShni Turkiyada terrorchilik tashkiloti hisoblangan Suriya kurdlari kuchlariga harbiy yordam koʻrsatishda aybladi.

“Minglab qurol-yarogʻ ortilgan yuk mashinalari, transport vositalari terrorchilik guruhlariga joʻnatilgan. Ular esa bulardan foydalanib, bizga qarshi urush boshladi. Biz NATOga aʼzo mamlakat sifatida kurashdik, kurashyapmiz va kurashamiz”, - dedi Turkiya yetakchisi.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Teglar:
ID, NATO, Turkiya

Asosiy mavzular