03:14 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
133 0 0

AQSH vitse-prezidentining taʼkidlashicha, Konstitutsiyaning 25-tuzatishi jazolash yoki hokimiyatni tortib olish vositasi hisoblanmaydi, uni shu tarzda qoʻllash esa dahshatli hodisani yaratgan boʻlardi.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. AQSH vitse-prezidenti Mayk Pens Donald Trampni mamlakat rahbari lavozimidan chetlatilishiga qarshi fikr bildirib, Konstitutsiyaning 25-tuzatishini qoʻllashdan bosh tortdi.

“Prezidentlik muddatining tugashiga sakkiz kungina qolgan paytda siz va demokratlar partiyasi men hamda vazirlar mahkamasi 25-tuzatishdan foydalanishni talab qilyapsiz. Bu kabi xatti-harakatlar mamlakatimiz manfaatlariga yoki konstitutsiyamizga mos keladi deb hisoblamayman”, — deyiladi Pensning vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosiga yoʻllagan maktubida.

AQSH vitse-prezidentining taʼkidlashicha, Konstitutsiyaning 25-tuzatishi jazolash yoki hokimiyatni tortib olish vositasi hisoblanmaydi, uni shu tarzda qoʻllash esa dahshatli hodisani yaratgan boʻlardi.

Pens Kongressni yanada jamiyatning boʻlinishi yoki keskinlikning ortishiga olib keladigan harakatlardan qochishga chaqirgan.

“Saylangan prezident Jo Baydenning inauguratsiyasiga tayyorgarlik jarayonida mamlakatimizni birlashtirish va qizgʻinlikni kamaytirish uchun kelinglar, birga ishlaylik”, - deya yozgan u. Shuningdek, hukumatni tinch yoʻl bilan topshirilishiga yordam berishga vaʼda bergan.

6 yanvar kuni Donald Tramp Oq uy yaqinidagi mitingda tarafdorlarini “zaif respublikachilarga” saylov yakunlariga eʼtiroz bildirishda yordam berish uchun Kapitoliyga borishga chaqirdi. Namoyishchilar toʻdasi Kapitoliyni qamal qilib, uning ichiga bostirib kirdi. Jo Baydenning prezident saylovlaridagi gʻalabasi tasdiqlanishi kerak boʻlgan Kongressning qoʻshma sessiyasini toʻxtatib qoʻydi. Kongress aʼzolari xavfsiz joyga olib ketildi va ular u yerda bir necha soat boʻlishlariga toʻgʻri keldi. Namoyishlarda 5 kishi halok boʻldi.

Demokratlar Pensdan Trampni lavozimidan chetlatishga chaqirishdi, agar u bosh tortsa, Vakillar palatasiga prezidentga yana impichment eʼlon qilishlarini maʼlum qilishdi.

Mavzu boʻyicha

Tramp tarafdorlari Kapitoliy binosini ishgʻol qildi - foto
Vashingtondagi tartibsizliklarda 4 kishi halok boʻldi
AQShdagi tartibsizliklar, otishma va qurbonlar – voqea joyidan video
Teglar:
AQShda prezident saylovlari, Jo Bayden, Donald Tramp, AQSH

Asosiy mavzular