02:59 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
390 0 0

Avvalroq Ukraina Sogʻliqni saqlash vazirligi Xarkovning "Biolek” kompaniyasiga “Sputnik V” vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazish arizasiga rad javobini bergan edi.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Ukrainaning “Muxolifat platformasi – Hayot uchun” partiyasi Ukrainada koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazish va ishlab chiqarish uchun imzo toʻplashni boshladi. Bu haqda partiyaning yoshlar qanoti rahbari Artyom Marchevskiy maʼlum qildi, deb yozadi RIA Novosti.

“Bugun maksimal qisqa fursatda vaktsinani roʻyxatga olish va ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish talabi bilan prezident va Vazirlar mahkamasiga murojaat qilish uchun imzo toʻplash boshlandi. Viktor Medvedchuk (“Muxolifat platformasi – Hayot uchun” partiyasi yetakchisi – tahr.) hammasi haqida kelishib oldi. Yaʼni alohida byurokratik mavzu. Lekin hukumatimiz xohlamayapti, unga bu kerak emas, u samaradorligi 50 foiz boʻlgan qandaydir Xitoy vaktsinasini xarid qilmoqchi, “Sputnik V” vaktsinasining samaradorligi 92 foiz, ayrim tadqiqotlarga koʻra 96 foizgacha boʻlganiga qaramasdan”, - dedi Marchevskiy “112 Ukraina” telekanali efirida.

Uning soʻzlariga koʻra, imzo toʻplash Donetsk viloyatining uchta shahrida – Pokrovsk, Dobropolye va Mirnogradda boshlangan.

Avvalroq Xarkovning “"Biolek” kompaniyasi Ukraina Sogʻliqni saqlash vazirligiga koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazishni soʻrab murojaat qilgan edi. Mamlakat bosh sanitar shifokori Viktor Lyashko mamlakatda Rossiya vaktsinasining roʻyxatga olinishini istisno qildi. U Kiyev faqat tadqiqotlarning uchinchi bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan vaktsinadan foydalanishini taʼkidladi.

Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini avgust oyida roʻyxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda. Vaktsina ayni paytda oʻzining xavfsizligi va samaradorligini isbotlagan. Shuningdek, vaktsinada uzoq kuzatiluvchi salbiy oqibatlar mavjud emasligi oʻz isbotini topgan.

Teglar:
vaktsina, koronavirus, Sputnik V, Ukraina

Asosiy mavzular