02:20 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
1202 0 0

AQSH hukumati 70 yil ichida birinchi marta ayolga nisbatan chiqarilgan oʻlim jazosi hukmini ijro qildi. Montgomerini qatl etilishi Indiana shtatidagi Terre Xeyt qamoqxonasida amalga oshirildi.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik.  AQSH hukumati 70 yil ichida birinchi marta ayolga nisbatan chiqarilgan oʻlim jazosi hukmini ijro qildi, deb xabar qildi The New York Times.

Sudlangan Liza Montgomeri 2004 yilda homilador ayolni oʻta shafqatsiz oʻldirishda aybdor deb topildi.

Oldinroq sud hukmi 8 dekabr kuni Indiana shtatida ijro etilishi rejalashtirilgan edi. Keyinchalik, sud qarori bilan ijro 12 yanvarga qoldirilgandi.

11 yanvar kuni Indiana shtatidagi sud Montgomeri oʻlim jazosini federal ijro etishni ruhiy muammolari sababli qoldirilgandi. Biroq AQSH Oliy sudi 12 yanvar kuni kechqurun oʻlim jazosini ijro etishga ruxsat berib, qarorni rad etdi.

Montgomerini qatl etilishi Indiana shtatidagi Terre Xeyt qamoqxonasida oʻldirish inʼyektsiya bilan amalga oshirilgan. Ayolning oʻlimi 13 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 01:31 da (Moskva vaqti bilan 09:31) qayd etildi.

Montgomerining advokati Kelli Xenri aytishicha, AQSH hukumati "ruhiy kasallik"dan aziyat chekayotgan uning mijozini qatl etishi bilan qonunni buzdi.

Teglar:
qatl qilingan, qatl, AQSH

Asosiy mavzular