03:09 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1352)
159 0 0

Ekspertlar guruhi tarkibidan Rossiya, Yaponiya, Qatar, AQSH, Germaniya, Vyetnam, Avstraliya, Niderland, Buyuk Britaniya va Daniya vakillari kirgan

TOSHKENT, 13 yanv – Sputnik. COVID-19  kelib chiqishini aniqlashtirish uchun Xitoyning Uxan shahriga yoʻl olayotgan Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotlari xalqaro ekspertlar bu uchun zarur boʻlgan karantindan oʻtishadi, deb bayonot qildi chorshanba kuni Xitoy sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha davlat qoʻmitasi rasmiy vakili Mi Fen.

"BSST xalqaro ekspertlar guruhi 14 yanvar kuni Uxanga yetib keladi. Epidemiyaga qarshi davlat tomonidan qabul qilingan profilaktik choralarga muvofiq, BSST xalqaro ekspertlari talab etiladigan karantindan oʻtadilar", - dedi matbuot-anjumani vaqtida Mi Fen.

Ayni vaqtda Xitoyda karantin ikki haftani tashkil etadi.

Mi Fen soʻzlariga koʻra, karantin vaqtida xitoylik ekspertlar va BSST ekspertlari videoaloqa orqali muloqot qiladilar.

"COVID-19ning kelib chiqishi – ilmiy masala, BSST boshqa mamlakatlar va mintaqalarda ham xuddi shunday tadqiqotlarni oʻtkazmogʻi lozim. Xitoy tomoni BSST va xalqaro ekspertlar bilan bu masalada bundan keyin ham yaqindan hamkorlik qiladi", - deb qoʻshimcha qildi amaldor.

Oltinchi yanvar kuni BSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus Xitoy hukumati COVID-19 kelib chiqishi masalasini aniqlashtirish uchun ushbu mamlakatga yoʻl olgan BSST ekspertlari uchun zarur ruxsatnomalarni rasmiylashtirmaganligi haqida bayonot qilgan edi. Dushanba kuni XXR sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha davlat qoʻmitasi BSST ekspertlar delegatsiyasi tomonlar oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq Xitoyga 14 yanvar kuni yetib kelishini maʼlum qilgandi. BSST Xitoy hukumatining mamlakatga ekspertlar tashrifi haqidagi bayonotlarini olqishladi va COVID-19 kelib chiqishi masalasida yaqindan hamkorlik olib borishga umid bildirdi.

Ekspertlar guruhi tarkibidan Rossiya, Yaponiya, Qatar, AQSH, Germaniya, Vyetnam, Avstraliya, Niderland, Buyuk Britaniya va Daniya vakillari kirgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1352)
Teglar:
Xitoy, koronavirus pandemiyasi, koronavirus

Asosiy mavzular