02:13 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
144 0 0

Kongressmenlar sudga "isyonga daʼvat qilish" toʻgʻrisidagi moddani olib chiqqanlar. Hujjat prezidentga impichment eʼlon qilishni va kelajakda unga biron bir saylanadigan lavozimni egallashini taqiqlashni talab qiladi.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. AQSH vakillar palatasi amaldagi prezidentga impichment eʼlon qilish masalasini koʻrib chiqishga kirishdi.

Kongressmenlar sudga "isyonga daʼvat qilish" toʻgʻrisidagi moddani olib chiqqanlar. Hujjat prezidentga impichment eʼlon qilishni va kelajakda unga biron bir saylanadigan lavozimni egallashini taqiqlashni talab qiladi. Tramp, shuningdek, "oʻta ogʻir jinoyatlar va huquqbuzarliklar sodir etganlikda" ayblanmoqda.

Rezolyutsiyaga koʻra ovoz shu kunning oʻzida berilishi mumkin: kutilishicha, Demokratlar tomonidan boshqariladigan Kongress palatasi uni qabul qiladi.

Shundan soʻng, ish Senatga yuboriladi, ammo u faqat 19 yanvarda - yangi prezident Jo Baydenning inauguratsiyasidan bir kun oldin taʼtildan chiqadi, shu bois, Trampning vakolat muddati tugashidan oldin toʻliq jarayonni amalga oshirib boʻlmaydi.

Bundan tashqari, ekspertlar prognoziga koʻra, yuqori palatada impichment ovozlarning uchdan ikki qismini olishi ham dargumon.

Prezident SSHA Donald Tramp
AP Photo / Julio Cortez

Shularni inobatga olgan holda, Tramp prezidentlikdan ketganidan keyin unga impichment eʼlon qilish ehtimoli muhokama qilinmoqda. Bu borada yakdil fikr yoʻq va Kongressdagi demokratlar hali oʻz pozitsiyasini aniq bildirmagan. Ular uchun voqeaning bunday tus olishi Trampni saylanadigan lavozimda ishlashiga toʻsqinlik qilish imkoniyatini bildiradi, bu esa uning 2024 yilda boʻlib oʻtadigan saylovlarda ishtirok etishiga yoʻlni yopadi.

6 yanvar kuni Donald Tramp Oq uy yaqinidagi mitingda tarafdorlarini "zaif respublikachilarga" saylov yakunlariga eʼtiroz bildirishda yordam berish uchun Kapitoliyga borishga chaqirdi. Namoyishchilar toʻdasi Kapitoliyni qamal qilib, uning ichiga bostirib kirdi. Jo Baydenning prezident saylovlaridagi gʻalabasi tasdiqlanishi kerak boʻlgan Kongressning qoʻshma sessiyasini toʻxtatib qoʻydi. Kongress aʼzolari xavfsiz joyga olib ketildi va ular u yerda bir necha soat boʻlishlariga toʻgʻri keldi. Namoyishlarda 5 kishi halok boʻldi.

Asosiy mavzular