10:02 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
272 0 0

2020 yil 3 dekabr kuni Latviyada bir nechta rusiyzabon jurnalistlar qoʻlga olindi. Ulardan biri Baltnews.lv va Sputnik Latviya bilan hamkorlik qiluvchi jurnalist Vladimir Linderman edi.

TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. RT jurnalist va jamoat arbobi Vladimir Linderman bilan suhbatlashdi. Linderman uning uyiga oʻzlarini santexnik deb tanishtirgan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari qanday kelganini hikoya qilib berdi.

“Kvartiraga chamasi 12 nafar “santexnik” kirib keldi – tergovchi, tezkor xodimlar va yana “jangovar hamrohlar”, - deydi u.

Lindermanning taʼkidlashicha, Latviya hukumati bunday tintuv va qoʻrqitishlar bilan “Rossiya segodnya” agentligini Latviyadagi muxbirlardan “odamlar Rossiya nashlari bilan hamkorlik qilishdan qoʻrqishlari, Rossiya OAVlarining bu yerdagi taʼsiri shu tariqa tushib ketishi uchun” mahrum qilish niyatida.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tintuv vaqtida uning barcha kompyuter texnikasi, telefoni, xotira kartalarini musodara qilishgan.

Jurnalist u buning uyida boʻlib oʻtgan uchinchi tintuv ekanini maʼlum qildi.

Sputnik va Baltnews᾽ga bosim

Avvalroq Latviyada Rossiyaning Sputnik Latviya va Baltnews portallari mualliflariga qarshi jinoiy ishlar qoʻzgʻatilgani xabar qilingan edi. Davlat xavfsizligi xizmati tintuvlar oʻtkazib, YEI sanktsiya rejimini buzganlik ayblovi bilan yetti kishini qoʻlga olgan. Ularga mamlakatdan chiqib ketmaslik ehtiyot chorasi qoʻllangan. Qoʻlga olinganlarning barchasi “Rossiya segodnya” tarkibiga kiruvchi Sputnik Latviya va Baltnews᾽ning shtatdan tashqari mualliflaridir. Ularni jarimadan tortib, qamoq jazosigacha boʻlgan jazo kutmoqda.

Rossiya TIV Latviya hukumatining rusiyzabon jurnalistlarga nisbatan xatti-harakatlarini jazo aktsiyasi va demokratik jamiyat asoslari – OAV va fikr bildirish erkinligini oyoqosti qilishgan yaqqol namunasi deb atadi.

Asosiy mavzular