Pandemiyaning ikkinchi yili yanada og‘irroq bo‘lishi mumkin - BSST

© Sputnik / Jordy Boixareu / Mediabankka o‘tishJenshini obshayutsya mejdu soboy so svoix balkonov v Barselone
Jenshini obshayutsya mejdu soboy so svoix balkonov v Barselone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sovuq havo, odamlarning bir bino ichida to‘planishi va koronavirusning yangi shtammlari paydo bo‘lishi - pandemiya og‘irlashishiga sabab bo‘lmoqda. 
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Koronavirus pandemiyasining ikkinchi yili yanada og‘irroq bo‘lishi mumkin, deb xabar qilmoqda Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha direktori Maykl Rayan.
"Biz pandemiyaning ikkinchi yiliga kirib kelmoqdamiz va u o‘tgan yilgan qaraganda og‘irroq bo‘lishi mumkin, chunki koronavirus tarqalish sur’ati o‘smoqda va boshqa muammolar ham paydo bo‘lmoqda", — dedi Rayan.
BSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi hafta davomida tashkilotga kelib tushayotga ma’lumotlar kasallik yana cho‘qqisiga chiqayotganini ko‘rsatmoqda. 
Rayan aytishiga qaraganda shimoliy yarim sharda va Shimoliy Amerikada "ideal shtorm" kuzatilmoqda. Ushbu hududlarda pandemiya og‘irlashishiga sovuq havo, odamlarning bir bino ichida to‘planishi va koronavirusning yangi shtammlari paydo bo‘lishi sabab bo‘lgan. 
BSST xabariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 90 milliondan oshib ketgan. 2 million kishi vafot etgan. O‘tgan sutka davomida 546 016 ming kishida virus aniqlangan va 9884 kishi vafot etgan. 
Yangiliklar lentasi
0