04:05 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
684 0 0

Pandemiya va avtomobil savdosi qisqarishi fonida Rossiya avtomobil bozori yetakchisi - AvtoVAZ yana bir bor narxlarini oshirdi.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Rossiyaning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi, "AvtoVAZ" 15 yanvardan boshlab narxi oshganini maʼlum qildi.

Avtomobil narxlari barcha modellar uchun oshgan, faqat Lada Niva yoʻltanlamas narxi oʻzgarishsiz qolgan.

Lada Granta sedan narxi eng kam oshgan avtomobil  boʻlib u faqat 10 ming rublga qimmatlagan. Endi uning narxi 500 ming rubldan boshlanadi.

Lada Niva Legend (sobiq 4×4) narxi 12-14 ming rublga oshgan. Uch va besh eshikli modifikatsiyalari narxi 600 va 645 ming rubldan boshlanadi.

Lada Largus narxi 15 ming rublga oshgan. 7 oʻrinli universalning narxi 669 ming rubldan boshlanadi, yuk tashish uchun moʻljallangan furgon narxi esa— ot 656 ming rubl.

Lada Xray yoʻltanlamasining narxi 10-19 ming rublga oshgan boʻlib 680 ming rubldan boshlanadi.

Lada Vesta ushbu roʻyxatda eng narxi koʻp oshgan avtomoobil boʻldi. Sedan kuzovidagi avtomobil 20 ming rublga oshgan va 704 ming rubldan boshlanadi. Universal modifikatsiyasining narxi - 31 ming rublga oshgan va 791 ming rubldan boshlanadi.

Lada Vesta Cross – avtomobili narxi 39 ming rublga oshgan va 906 ming rublni tashkil qiladi.

Eslatib oʻtamiz 2020 yil davomida Vologaboʻyida joylashgan avtomobil zavoda bir necha marotaba narxlarini oshirgan edi, lekin har safar narxlar 1-2 % atrofida oshgan.

Maʼlumot uchun, Rossiyada ikki yildan buyon yangi avtomobillar savdosi kamayib borishda davom etmoqda. Oʻtgan 2020 yilda avtomobil savdosi 9,1 %ga qisqardi. Jami stoilgan yangi avtomobillar soni (yengil va tijorat) 1,6 mln donani tashkil qildi. 2019 yilda 1,76 mln dona avtomobil sotilgan edi.

Asosiy mavzular