13:56 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
461 0 0

Rossiya avtomobil bozori ikki yildan buyon kamayib kelmoqda. Mutaxassislar xulosasiga koʻra 2021 yilda ham tiklanish sezilarli darajada boʻlmaydi.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Oʻtgan 2020 yil nafaqat sogʻliqni saqlash, turizm, oshxona va boshqa xizmatlar sohasi, balkim avtomobil savdosi uchun ham murakkab yil boʻldi.

Pandemiya tufayli Xitoy va boshqa davlatlardan ehtiyot qismlar yetkazib berishda muammolar tugʻildi, koʻplab avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalar, dilerlik markazlari oʻz faoliyatini toʻxtatib turishga majbur boʻlishdi.

2020 yilning ikkinchi yarmishga kelib Rossiya avtomobil bozori sekin-asta tiklana boshladi, lekin yil oxiriga qadar  oʻtgan yilgi hajmini tiklay olmadi.

Yevropa Avtomobil ishlab chiqaruvchilari biznesi Assotsiatsiyasi maʼlumotiga koʻra, Rossiyada yangi yengil va tijorat avtomobillari savdosi 2019 yilga nisbatan 9,1%ga qisqargan. Sotilgan jami avtomobillar soni – 1,59 mln donani tashkil qilgan. 2019 yilda jami 1,76 mln dona avtomobil sotilgan edi.

Rossiyada 2020 yilda eng koʻp avtomobil sotgan kompaniyalar:  

  • Lada - 343 ming dona (2019 yilga nisbatan kamayish - 5%)
  • Kia –   201 ming (-11%),
  • Hyundai – 163 ming  (-9%),
  • Renault –  128 ming (-11%),
  • Volkswagen – 105 ming (-5%)
  • Skoda – 94 ming (+7%)
  • Toyota – 91 ming (-12%)
  • Nissan – 56 ming (-13%)
  • GAZ – 51 ming (-20%)
  • BMW – 42 ming (+3%)
  • Mercedes-Benz – 40 ming (-7%)

Shu oʻrinda pandemiyaga qaramasdan savdo miqdorini oshirishga muvaffaq boʻlgan kompaniyalarni alohida qayd etish kerak.

Bular Skoda (+7%), BMW (+3%), Suzuki (+3%),Isuzu (+16%). Xitoy brendlari ham bu yil yaxshi oʻsish qayd etishdi Haval (+41%), Geely (+61%), Chery (+80%), Changan (+153%) va FAW (+77%).

Qolgan aksariyat markalar oʻtkan yilda savdo kamayishini namoyish qilishdi. Yirik brendlardan savdo hajmi eng sezilarli darajada kamaygan kompaniya Mitsubishi boʻldi (- 30%).

AvtoVAZ predstavil universalы Lada Vesta SW i Lada Vesta SW Cross
Press-slujba PAO "AVTOVAZ"

Eng koʻp sotilgan avtomobil modellari esa Lada Granta (126 ming). Ikkinchi oʻrinda Lada Vesta (107 ming), Kia Rio (88 ming).  Krossoverlar orasida Hyundai Creta - 73 ming, Toyota RAV4 – 36 ming, Volkswagen Tiguan – 32 ming, Renault Duster – 31 ming.

Yevropa va jahon avtomobil bozori bilan solishtirganda Rossiya avtomobil bozori pandemiyadan uncha katta zarar koʻrmaganini tushunish mumkin. Xususan 2020 yilda Yevropa avtomobil bozori qisqarishi oʻrtacha 33%ni tashkil qilgan. Shimoliy Amerikada esa ushbu koʻrsatgich 26 %ni tashkil qilgan.

Yevropa avtomobil biznesi Assotsiatsiyasi Rossiyada avtomobil savdosi yaqin vaqt ichida qayta tiklanishiga umid bildirmayapti. Ularning prognoziga koʻra Rossiyada 2021 yilda avtosanoat 2,1 %ga tiklanadi xolos.

Asosiy mavzular