13:45 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
763 0 0

Oʻtgan sutkada Qozogʻistonda qariyb 1000 kishida korovirus aniqlandi. Tojikistonda esa 6 kundan buyon hech kim kasallanmayapti.

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Qozogʻistonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining boshqalariga qaraganda eng koʻp koronavirus aniqlanmoqda.

Qozogʻistonda oʻtgan kuni 978 ta koronavirus bilan kasallanish holati aniqlandi. Mamlakatda jami 168 096 kishida infektsiya aniqlangan. Shulardan 153 035 nafari sogʻayib ketgan. 2349 kishi virus qurboniga aylangan.

Qirgʻiziston eng koʻp COVID-19 aniqlanish boʻyicha ikkinchi oʻrinda. Oʻtgan sutkada 123 kishida virus aniqlangan. Kasallanganlarning umumiy soni 83 109 nafarga yetgan. Shulardan 78 994 nafari tuzalgan. Virus tufayli 1384 nafar qirgʻizistonlik vafot etgan.

Oʻzbekistonda oʻtgan kuni 64 kishining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan. Shu tariqa kasallanganlarning umumiy soni 77 968  nafarni tashkil etmoqda. Shularning 76 436 nafari kasallikni yenggan. 619 kishi virus oqibatlaridan vafot etgan.

Tojikiston SSV taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda 6 kundan beri hech kim koronavirus bilan kasalanmayapti. Respublikada jami 13 308 kishi kovid yuqtirib olgan. Shulardan 13 218 nafari davolanib chiqqan. Shu bilan birga 90 bemor COVID-19 oʻlgan. Ushbu raqamlarga ishonilsa, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar qolmagan.

Turkmanistonda esa koronavirus rasman qayd etilmagan va u dunyoda koronavirus aniqlamagan sanoqli davlatlardan biri hisoblanadi.

Asosiy mavzular