04:51 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
268 0 0

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Boltiqboʻyi mamlakatlarida jurnalistlarga oʻtkazilayotgan bosimni toʻxtatish borasida TIV Gʻarbdagi hamkasabalaridan muayyan harakatlar talab qilayotganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Boltiqboʻyi mamlakatlarida rus tilida chop etilayotgan OAVlarga, xususan Baltnews.lv va Sputnik Latviya axborot agentliklariga bosim oʻtkazilayotganini taʼkidlab, yaqin orada Rossiya TIVi yaqin orada xalqaro mexanizmlarni ishga tushirishini maʼlum qildi. 

Gʻarbdagi hamkasabalar haqiqat uchun bel bogʻlab kurashishga hozircha tayyor boʻlmasa-da, Rossiya TIVi ulardan fuqarolarning erkin axborot olish va axborot tarqatish huquqilarini taʼminlash borasida muayyan harakatlar talab qilishga tayyor ekanini bildirdi. 

"Axir bu oʻz fuqarolariga boʻlgan hurmatsizlik, buday qilish uchun gʻayrioddiyo siyosiy qarashlarga ega kerak boʻlish kerak", - dedi Sergey Lavrov.

Vazir fikriga koʻra, Baltnews.lv va Sputnik Latviya bilan bogʻliq vaziyat hech qanday ikkiyoqlama yondashuvni talab qilmaydi, shu sababli sud uni tezda hal qilishi kerak. Bu borada Rossiya TIVi ayni damda xalqaro yuristlar bilan ishlamoqda va jurnalistlarga yordam berish uchun barcha vositalardan foydalanadi.

Shu bilan bir vaqtda nodavlat tashkilotlarni ishga solamiz. Ular sudga murojaat qilish uchun toʻliq huquqga ega. Mahalliy sudlar voz kechgan taqdirda ular Yevropa inson huquqlari sudiga murojaat qilishlari mumkin. 

Yevropa inson huquqlari sudi hech qanday ikkiyoqlama izohlashga asos yoʻq boʻlgan vaziyatni koʻrib chiqishi kerak. Vaziyat shunchalik aniq-ki, verdikt uchun sudga koʻp vaqt kerak boʻlmaydi", - dedi Lavrov. 

Rossiya tashqi ishlar vaziri jurnalistlarni qoʻllab-quvvatladi va har qanday davlat fuqarosi muqobil nuqtai nazardagi axborot bilantanishish imkoniga ega boʻlishi kerakligini taʼkidlab oʻtdi. 

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning dekabr oyida Latviyada Rossiyaning Sputnik Latviya va Baltnews OAVlari mualliflariga (Latviya fuqarolari) nisbatan jinoiy ishlar qoʻzgʻatilgan edi. Shundan soʻng davlat xavfsizlik xizmati YEI sanktsiyalar tartibini buzishda ayblab 7 kishini hibsga olgan edi. 

Asosiy mavzular