05:03 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1391)
22710

Turkmaniston Sogʻliqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligi Rossiyaning “Sputnik V” koronavirusga qarshi vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazdi.

TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Turkmaniston Sogʻliqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligi Rossiyaning “Sputnik V” koronavirusga qarshi vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazdi, deb xabar qildi Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi.

Jamgʻarmada mamlakat hududida “Sputnik V” roʻyxatga olish tezlashtirilgan protsedura doirasida, qoʻshimcha klinik tadqiqotlarsiz amalga oshirilganligini taʼkidlandi.

Bundan avval, vaktsina xuddi shu protsedura boʻyicha Argentina, Boliviya, Venesuela, Paragvay, Serbiya, Jazoir va Falastinda roʻyxatdan oʻtkazilgandi.

Jamgʻarma rahbari Kirill Dmitriyev taʼkidlashicha, Turkmaniston Markaziy Osiyoda “Sputnik V”ni rasman tasdiqlagan birinchi mamlakat boʻldi.

"Hamkorlar bugungi kunda koronavirusga qarshi kurashda dunyodagi yetakchi preperatlardan biri boʻlgan va dunyoning turli mintaqalaridagi davlat nazorat organlari tomonidan tasdiqlangan vaktsinaning xavfsizligi va samaradorligini yuqori baholadilar", - dedi u.

“Sputnik V” vaktsinasi Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi tomonidan Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Preparat insonning adenovirus vektorli platformasiga asoslangan boʻlib, uning muhim afzalliklari - xavfsizlik, samaradorlik va uzoq muddatli salbiy oqibatlarning yoʻqligi. Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, oʻtkazilgan tadqiqotda yakuniy nazorat nuqtasida maʼlumotlarni tahlil qilish natijalariga koʻra, uning samaradorligi 91,4 foizni, ogʻir holatlarda esa yuz foizni koʻrsatdi.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi Bahodir Yusupaliyevga koʻra, Oʻzbekistonda “Sputnik V” vaktsinasini tezkor sertifikatsiyalash ustida ish olib borilayotgani va uni chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha muzokaralar olib borilayotgani toʻgʻrisida xabar bergandik.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1391)
Teglar:
Markaziy Osiyo, koronavirus pandemiyasi, Sputnik V, vaktsina, Turkmaniston, Rossiya

Asosiy mavzular