Siyosat va xokkey: Belarusni jahon chempionatidan mahrum qilishdi

© REUTERS / Andrey Pokumeiko/BelTAPrezident Lukashenko prinimayet uchastie v lyubitelskom xokkeynom matche
Prezident Lukashenko prinimayet uchastie v lyubitelskom xokkeynom matche - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiya, Daniya, Germaniya hukumatlari xokkey bo‘yicha jahon chempionati Belarusda bo‘lib o‘tsa uni boykot qilishga chaqirishgan.
TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) Kengashi 2021 yilda Xokkey bo‘yicha jahon chempioantini Belarusda o‘tkazmaslikka qaror qildi, RIA Novosti xabariga asosan.
"IIHF nazoratidan tashqarida bo‘lgan xavfsizlik masalalari tufayli Kengash bugun Jahon chempionatini Minskdan ko‘chirishga qaror qildi. Qaror qabul qilishda masalaning barcha tomonlari o‘rganib chiqildi va baholandi", - deyilgan rasmiy xabarda. 
2021 yilda Xokkey bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazish uchun Belarus va Latviya birgalikda ariza topshirgan edi. Dunyodagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni hisobga olgan holda, xavfsizlik qoidalarini va ishtirokchilar yetib kelishini soddalashtirish maqsadida, IIHF chempionatni bir joyda o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqadi.
IIHF prezidenti Rene Fazel 11-yanvar kuni Minskda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan chempionatga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qilgan edi.
Olimpiya halqalari - Sputnik O‘zbekiston
MOK Rossiya Yengil Atletika federatsiyasini Olimpiya o‘yinlaridan chetlatdi
Keyinroq IIHF rahbari, chempionatni Belarusda o‘tkazmaslik uchun bosim o‘tkazilayotganini xabar qildi. Xususan Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiya, Daniya, Germaniya hukumatlari, agar xokkey chempionati Belarusda bo‘lib o‘tsa uni boykot qilishga chaqirishganini aytdi. 
Undan tashqari "kimdir sponsorlarga ham bosim o‘tkazayotganini"xabar qilgan edi. Xususan Skoda Avto va Nivea kompaniyalari, chempionat Belarusda bo‘lib o‘tgan taqdirda, ular homiylik qilishdan bosh tortishini ma’lum qilishgan. 
Ma’lumot uchun, Xokkey bo‘yicha 2021-yil Jahon chempionati 21-maydan 6-iyunga qadar Minsk va Rigada bo‘lib o‘tishi kerak edi. Belarusda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridan so‘ng muxolifat IIHFga murojaat qilb xokkey chempionatini bekor qilishni, Respublika rahbariyatiga nisbatan sanksiyalar qo‘llashni talab qila boshladi. 
Yangiliklar lentasi
0