TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Turkiyaning Izmir shahrida politsiya xodimlari Oʻzbekiston va yana 3ta davlatdan kelgan ayollarni fohishalik bilan shugʻullanishga majburlagan jinoiy guruh aniqlandi, deb xabar qildi Haberler turk nashri.
Xabarda aytilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari 6 kishini hibsga oldi. Ular izidan taxminan 4 oy davomida kuzatuv olib borilgan.
Maxsus operatsiya bir vaqtning oʻzida shaharning turli qismlarida amalga oshirildi. Politsiya Rossiya, Ukraina, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolari saqlangan bir nechta “priton-kvartiralar”ni topdi. Jami 8 nafar ayol qutqarildi, ular kaltaklanib, psixologik bosim orqali fohishalikka majburlangan.
Jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Ayollarni oʻz vataniga deportatsiya qilish masalasi hal qilinmoqda.