12:02 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
230 0 0

Qirgʻiziston Pfizer kompaniyasi vaktsinasidan uni saqlash uchun jihozlari boʻlmaganligi sabab voz kechadi. Bu vaktsinani -70 gradus haroratda saqlash kerak.

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Qirgʻiziston texnik sabablarga koʻra Pfizer kompaniyasi vaktsinasidan voz kechadi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Alimkadir Beyshenaliyev maʼlum qildi.

“Bizga -70 gradus haroratda saqlanishi kerak boʻlgan Amerikaning Pfizer vaktsinasi taklif qilindi. Bizga bir milliondan ziyod dozani bepul taqdim etishmoqchi boʻlishdi. Uni olib kelish, saqlash va aholini emlash uchun bizga maxsus sovutgichlar lozim. Biroq bizda bunday sovutgichlar yoʻq”, - dedi u “Birinchi radio”ga bergan intervyusida.

Vazirning soʻzlariga koʻra, Pfizer vaktsinasini saqlash uchun respublika 2 million dollarga jihoz sotib olishi kerak boʻlardi.

Beyshenaliyev Qirgʻiziston hozirda Rossiya hukumati bilan mamlakatga “Sputnik V” vaktsinasini yetkazib berish boʻyicha muzokaralar oʻtkazayotganini qoʻshimcha qildi. “Sputnik V”ni minus 2 darajadan minus 18 darajagacha boʻlgan haroratda saqlash mumkin va mamlakat zaruriy jihozlarga ega.

Qirgʻizistonda jami 83 268 kishi koronavirus bilan kasallangan. Shulardan 79 249 nafari tuzalib ketgan. 1390 bemor koronavirusdan vafot etgan.

“Sputnik V” Markaziy Osiyoda

Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasi namunalarini Oʻzbekistonga dekabr oyida xizmat safari bilan boʻlgan Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov shaxsan olib kelgan edi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi Bahodir Yusupaliyevning maʼlum qilishicha, mamlakatda “Sputnik V” vaktsinasini tezkor sertifikatsiyalash ustida ish olib borilmoqda. Shuningdek, uni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.

Qozogʻiston mamlakatda “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan va u bilan 1 fevraldan, rejalashtirilgan muddatdan oldinroq aholini emlashni boshlamoqchi.

Turkmaniston “Sputnik V” vaktsinasini Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib roʻyxatdan oʻtkazdi.

19 yanvar kuni Tojikistonga rossiyalik harbiylar uchun moʻljallangan “Sputnik V” vaktsinasining 1100 ta dozasi keltirildi.

“Sputnik V” vaktsinasi Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi tomonidan Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Preparat insonning adenovirus vektorli platformasiga asoslangan boʻlib, uning muhim afzalliklari - xavfsizlik, samaradorlik va uzoq muddatli salbiy oqibatlarning yoʻqligi. Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, oʻtkazilgan tadqiqotda yakuniy nazorat nuqtasida maʼlumotlarni tahlil qilish natijalariga koʻra, uning samaradorligi 91,4 foizni, ogʻir holatlarda esa 100 foizni koʻrsatdi.

Teglar:
vaktsina, Qirgʻiziston

Asosiy mavzular