05:04 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
76310

Qozogʻiston Xalq partiyasi vakili real ish haqi oshmayotgan bir vaqtda isteʼmol savatchasi narxi bir necha barobar yuqorilab ketganiga eʼtibor qaratdi

TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Sobiq kommunistlar partiyasi deputati Aybek Payayev Qozogʻiston aholisining ish haqi oʻta pastligidan norozilik bildirdi, deb xabar bermoqda Sputnik Qozogʻiston nashri.

Uning soʻzlariga koʻra, 2021 yil boshida Picodi xalqaro xizmati analitiklari Qozogʻistondagi oylik maoshlar - dunyoning 56 mamlakati ichidagi eng past maoshlardan biri ekanligini qayd etishgan.

"Chidab boʻlmas fakt shundaki, Qozogʻiston sugʻurta badallari oshgan holda, oʻtgan yilga nisbatan eng kam ish haqi oʻtgan yilgiga nisbatan kamaygan yagona davlatdir, bizdan keyin faqat Nigeriya va Oʻzbekiston bor", - deb aytgan majlis vakili.

Deputat shuningdek, tadqiqot mualliflari oddiy isteʼmol savatchasini yaratib, mahsulotlar narxini ish haqi bilan taqqoslashganini aytdi. Oʻtgan yilgiga nisbatan bunday isteʼmol savatining narxi Qozogʻistonda 14%ga oshgan.

Parlamentariy shuningdek, Qozogʻistonda eng kam ish haqi oʻzgarmagani va 42 500 tengeni tashkil etishini, ammo sugʻurta badallari oshgani tufayli haqiqiy ish haqi oʻtgan yilgiga nisbatan pasayganini va 37 400 tengeni tashkil etishini qoʻshimcha qilgan.

Ammo, bir vaqtning oʻzida, qoʻshni davlatlarda, masalan Ukrainada maosh 27%ga, Polshada - 9,8%ga, Belarusda - 6,7%ga, Rossiyada esa - 5,5%ga oshgan.

"Bu hech qanday tanqidga dosh bermaydi. Natijada Qozogʻistonning eng kam maosh oladigan fuqarolarining ahvoli yomonlashdi. Qozogʻistonliklar uchun munosib turmush darajasini taʼminlash uchun eng kam ish haqi nafaqat oʻrtacha ish haqi, balki oilaning ishlamaydigan aʼzolari boʻlishini hisobga olgan holda hayot kechirishning real narxiga ham bogʻliq boʻlishi kerak", - deya oʻz noroziligini bildirgan deputat.

Oʻzining deputatlik soʻrovida Payayev Vazirlar Mahkamasi rahbariga murojaat qilib, Qozogʻistonda eng kam ish haqini oshirish boʻyicha qanday choralar koʻrilayotganligi va oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar va xizmatlarining haqiqiy narxini aks ettiruvchi eng kam kunlik ish haqini hisoblash metodologiyasini jahon standartlariga muvofiq oʻzgartirish rejalashtirilayotgani toʻgʻrisida savollarga javob berishni soʻradi.

Shuningdek, u Qozogʻistonda xalqaro standartlarga va qozoq jamiyatining ehtiyojlariga mos ravishda ijtimoiy sifat standartlari va turmush darajasini rivojlantirish rejalashtirilyaptimi, deya savol bergan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq qozogʻistonliklar mamlakat doʻkonlarida oziq-ovqat mahsulotlari narxining koʻtarilishidan shikoyat qila boshladilar. Xususan, fuqarolar tuxum, goʻsht, un va boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining sezilarli darajada koʻtarilganiga ishora qilganlar.

Asosiy mavzular