18:45 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
914 0 0

Melaniya Tramp AQSH boʻlajak birinchi xonimi Jil Baydenni Oq uy boʻylab ekskursiyaga taklif qilishdan bosh tortdi.

TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Melaniya Tramp AQSH boʻlajak birinchi xonimi Jil Baydenni Oq uy boʻylab ekskursiyaga taklif qilishdan bosh tortib, 70 yillik anʼanani buzdi. Bu haqda LADbible portali xabar qildi.

Anʼanaga koʻra, ketishdan avval birinchi xonim turmush oʻrtogʻi prezidentligining soʻnggi kunlarida 2-3 qavatlardagi xonalar boʻylab ekskursiya uyushtiradi. 70 yil davomida AQSH prezidentlari rafiqalari boʻlajak birinchi xonimlar bilan choy ichib, ularga Oq uy "xoʻjaligi"ni topshiradilar. 4 yil oldin Melaniya oʻzi sobiq birinchi xonim Mishel Obama bilan choy bazmida mehmon boʻlib, prezident qarorgohi boʻylab sayr qilgan.

Taʼkidlanishicha, Melaniya birinchi xonimning lavozimidan 47 foiz maʼqullash reytingi bilan tark etadi, bu avvalgi xonimlarga qaraganda ancha past.

Bu anʼana 1952 yilda prezident Garri Trumenning rafiqasi Bess Trumen Duayt Eyzenxauerning rafiqasi Memi Eyzenxauerni Oq uy boʻylab ekskursiyaga taklif qilishidan boshlangan.

AQShning yangi prezidentining inauguratsiyasi 20 yanvar kuni boʻlib oʻtadi. Donald Tramp marosimda qatnashmasligini aytgandi. U inauguratsiyadan toʻrt soat oldin Vashingtonni tark etadi.

Mavzu boʻyicha

Donald Tramp prezident boʻlgani sharafiga Melaniya bilan raqs tushdi
Donald va Melaniya Tramplar Mirziyoyevga maktub yoʻllashdi
Tramp va Melaniya Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻllashdi
Melaniya Trampning sariq rangdagi koʻylagi qizgʻin muhokama qilinmoqda
“Donald - jangchi”: Melaniya Tramp erini qoʻllab-quvvatladi
Melaniya qiyofadoshi? Tramp yana rafiqasini alishtirib qoʻyishda gumonlanmoqda
Teglar:
inauguratsiya, saylov, Melaniya Tramp, Donald Tramp, AQSH

Asosiy mavzular