Bag‘dodda qonli terakt: qurbonlar soni 28 nafarga yetdi

© AP Photo / Hadi MizbanDvoynoy terakt v Bagdade: pogibli bolee 20 chelovek
Dvoynoy terakt v Bagdade: pogibli bolee 20 chelovek - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
At-Tayaran maydoni hududida joylashgan bozorda ketma-ket portlash yuz bergan. Ikki xudkush terrorchi o‘zlarini portlatib yuborgan.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Iroq poytaxti Bag‘dodda uyushtirilgan terakt natijasida halok bo‘lganlar soni 28 nafarga yetdi.
“Al Arabiya” telekanalining xabar qilishicha, kamida 73 kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan.
Obstrel aeroporta v Yemene: chislo jertv viroslo do 13 - Sputnik O‘zbekiston
Yaman aeroportidagi terakt: 25 kishi qurbon bo‘lgan, 110 kishi jarohatlangan
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, At-Tayaran maydoni hududida joylashgan bozorda ketma-ket ikkita portlash yuz bergan. Iroq armiyasi vakilining so‘lariga qaraganda, “terrorchilik hujumi ikki nafar xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan, ular o‘zlarini xavfsizlik xizmat xodimlari taqib qilayotgan paytda portlatib yuborgan”.
Voqea joyiga tez yordam va boshqa mas’ul xodimlar kelmoqda.
Iroq kuchishlatar xodimlari xavfsizlik nuqtayi nazaridan ko‘plab xorijiy davlat elchixonalari va davlat muassasalarining markaziy ofislari joylashgan “yashil hududga” olib boruvchi yo‘llarni yopishgan.
Yangiliklar lentasi
0