12:39 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
113 0 0

Taʼkidlanishicha, ishlab chiqarilgan vaktsina ham Turkiya ichki bozoriga, ham boshqa mamlakatlarga yetkazib beriladi.

TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi va yetakchi Turkiya farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi Turkiyada COVID-19 ga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqarish toʻgʻrisida bitim imzoladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, yiliga bir necha million doza vaktsina ishlab chiqariladi, kelgusida ishlab chiqarishni kengaytirish ehtimoli muhokama qilinmoqda. 

“Vaktsina ham Turkiya ichki bozoriga, ham boshqa mamlakatlarga yetkazib beriladi”, - deyilgan xabarda.

Turkiya “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqarishni tashkillashtirishga qiziqish bildirdi

"Sputnik V" – Rossiyaning Gamaleya nomidagi Milliy mikrobioligiya va immunologiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan va roʻyxatga olingan dunyodagi birinchi vaktsinadir. Bugungi kunda Sputnik V vaktsinasini olganlar soni 1 milliondan oshgan va uning samaradorligi 95 %ni tashkil qilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi Bahodir Yusupaliyev Oʻzbekistonda “Sputnik V” vaktsinasini tezkor sertifikatsiyalash ustida ish olib borilayotgani va uni chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha muzokaralar olib borilayotgani haqida maʼlum qilgan edi.

Teglar:
vaktsina, Sputnik V, Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi, Turkiya

Asosiy mavzular