09:31 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
271 0 0

Vaktsina saraton shishiga ega boʻlgan bemorlarda sinovdan oʻtmagani tufayli ayrim bemorlar uchun xavfli boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 25 yanv - Sputnik. "Sputnik V" vaktsinasining yoʻriqnomasida yangi ogohlantirish paydo boʻldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Unda Rossiya vaktsinasini qabul qilayotganlar "Sputnik V"ning onkologiya kasaliga chalingan kishilarga taʼsiri haqida maʼlumot yetishmasligi haqida ogohlantirilgan. 

"Maʼlumot yetishmasligi oqibatida, vaktsina autoimmun kasalligiga chalingan va yomon sifatli saraton shishiga ega boʻlgan bemorlar uchun xavfli boʻlishi mumkin", - deyilgan ogohlantirishda. 

Eslatib oʻtamiz, Odam adenovirusi asosida yaratilgan "Sputnik V" vaktsinasi 2020 yilning avgust oyida Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligida tezlashtirilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan edi. Bugungi kunda vaktsina qabul qilganlar soni 1 milliondan oshib ketgan. 

Ayni damda Rossiya vaktsinasining sinovlari Venesuelada muvaffaqiyatli yakunlangan. Turkiyada uni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. 

 

Asosiy mavzular