Rahmon Tojikiston koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini ma’lum qildi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaPrezident Tadjikistana Emomali Raxmon
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston SSV ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 15 kundan buyon koronavirus bilan kasallanish aniqlanmayapti.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Tojikiston COVID-19 ustidan to‘liq g‘alaba qozondi. Bu haqda mamlakat prezidenti Emomali Rahmon 26-yanvar kuni parlamentga yo‘llagan murojaatnomasida ma’lum qildi, deya yozadi Sputnik Tojikiston.
“Hozir Tojikistonda koronavirus yo‘q, u bizda to‘liq yo‘q qilindi”, - dedi Rahmon.
Davlat rahbari aholi xavfsizlik choralariga rioya qilishi zarurligini ta’kidladi.  
Jiteli goroda Dushanbe v zashitnix maskax na ulitse - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston COVID-19 ni yengdimi: Markaziy Osiyodagi vaziyat
“Beparvo bo‘lmasligimiz va shaxsiy gigiyena qoidalari haqida unutib qo‘ymasligimiz zarur”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Tojikiston SSV ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 15 kundan buyon koronavirus bilan kasallanish aniqlanmayapti.
25 yanvar holatiga ko‘ra respublikada 13 308 kishi koronavirus bilan kasallangan, shulardan 13 218 nafari (99,3 foizi) tuzalib ketgan. Koronavirusdan 90 kishi vafot etgan.
Yangiliklar lentasi
0