09:37 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
36810

Hindiston mamlakatda 59ta Xitoy dasturidan, ular ichida TikTok tarmogʻidan foydalanishga doimiy taqiq joriy qildi.

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Hindiston mamlakatda 59ta Xitoy dasturidan, shu jumladan TikTok ijtimoiy tarmogʻidan foydalanishga rasmiy doimiy taqiq joriy qildi. Bu haqda NDTV oʻz manbasiga asosan xabar qildi.

Qarorni Hindiston elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi qabul qildi. Bungacha, oʻtgan yilning iyun oyida Hindiston hukumati xitoylik dizayndagi 59 ta dasturdan foydalanishni taqiqlab, ularni mamlakat suvereniteti, yaxlitligi va milliy xavfsizligiga "ziyon yetkazadigan" deb atadi.

Doimiy ravishda taqiqlangan platformalar roʻyxatiga Alibaba kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan WeChat, UC Browser va TikTok kiritildi.

Xitoy dasturlarini taqiqlash toʻgʻrisidagi qaror Ladaxning togʻli chegara hududida ikki mamlakat oʻrtasidagi keskinlashuv fonida qabul qilindi.

Eslatib oʻtamiz, oʻz prezidentligi davrida Donald Tramp “TikTok va WeChat ilovalari tahdidi”ga qarshi kurash toʻgʻrisida farmonni imzolagandi. Hujjatda TikTok va WeChat AQSH milliy xavfsizligi, iqtisodiyoti va siyosatiga tahdid sifatida koʻrsatilgan. Taʼkidlanishicha, bu ilovalar foydalanuvchi, shu jumladan u joylashgan joyi va qidirgan narsalar haqidagi maʼlumotlarni yigʻadi.

Mavzu boʻyicha

TikTok yulduzi sobiq eri tomonidan onlayn-efirda yoqib yuborildi
TikTok uchun videoga Qurʼonni yirtgan oʻzbekistonlik qoʻlga olindi
Toshkent hokimi Ortiqxoʻjayev TikTok uchun videoga tushdi
Tramp TikTok’ga qarshi urush boshladi
Teglar:
internet, Xitoy, Hindiston

Asosiy mavzular