19:42 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
192 0 0

Vыshinskiy va Butina Latviya elchixonasi oldida OAV taʼqib qilinishiga qarshi norozilik namoyishiga chiqishdi.

TOSHKENT, 26 yanv —Sputnik. Ukraina qamoqxonasida ozod qilingan “Rossiya Segodnya” mediaguruhining ijroiy direktori Kirill Vыshinskiy hamda AQSH qamoqxonasidan ozod qilingan Rossiya Jamoatchilik kengashi aʼzosi Mariya Butina Moskvada Latviya eelchixonasi oldida yakkaxon piketga chiqishdi.

Ular boltiqboʻyi respublikasida rus tilida chop etilayotgan OAVlarga bosim oʻtkazilishiga qarshi fikr bildirishgan.

Xususan, Butinaning qoʻlidagi plakatda "Soʻz erkinligi cheklangan qattiq tartibli qamoqxona” deb yozilgan va Latviya xaritasi tikanli sim ichida aks etgan.

“Afsuski men yana bir bor qoʻlimga kishan taqishga majbur boʻldim. Bu men istagan ishlar ichida eng oxirgisi edi, lekin vatandoshlarim, latviyalik jurnalistlar bilan hamdard boʻlish uchun shunday qilishga majbur boʻldim. Ular ayni damda muqobil nuqtai nazarda va Rossiya OAVlari bilan aloqada boʻlganliklari uchun taʼqib qilinmoqda”, - deydi Butina.
© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Odinochnыe piketы u posolstva Latvii v Moskve

"Latviyada nafaqat bizning hamkasabalarimiz jurnalistlar, balkim bizning vatandoshlarimiz huquqlari ham buzilmoqda. U yerda jurnalistning eng asosiy huquqi – oʻz qarashlariga mos boʻlgan tahririyatni tanlash huquqi buzilmoqda. Latviya Yevropa sanktsiyalari bilan manipulyatsiya qilayotganini nafaqat biz, balkim aslida bizga unchalik xayrixoh boʻlmagan "Chegara bilmas reportyorlar” tashkiloti ham qayd etmoqda”, - deydi Vыshinskiy.

Eslatib oʻtamiz, dekabr oyida MIA “Rossiya Segodnya” axborot agentligi bilan hamkorlik qilayotgan Latviyaning Baltnews va Sputnik.Latviya nashrlari jurnalistlari taʼqib qilina boshlangan edi. Latviya sudlari qaroriga binoan ularning ayrimlariga jarima solingan, ayrimlari qamoqqa olingan va baʼzilarning uylarida tintuv oʻtkazilgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu harakatlarni – demokratik jamiyat printsiplari buzilishi va inson huquqlari deklaratsiyasiga zid deb atagan, hamda tegishli Yevropa va Umumjahon tashkilotlariga murojaatnomalar yuborgan edi.

Shu bilan birga Rossiya TIV YEI sanktsiyalari – shaxsan MIA “Rossiya Segodnya” axborot agentligi direktori Dmitriy Kiselev va Russia Today telekanali direktori Margarita Simonyanga taaluqli ekanini qayd etgan.

Asosiy mavzular