09:43 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1379)
510 0 0

“Sputnik V” koronavirusga qarshi vaktsinasi ikki hafta davomida yigirmadan ziyod mamlakatda roʻyxatdan oʻtkazilishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi rahbari Kirill Dmitriyev Rossiya “Sputnik V” koronavirusga qarshi vaktsinasi yaqinda yigirmadan ziyod mamlakatda roʻyxatdan oʻtkazilishini kutmoqda.

"Sputnik V” vaktsinamiz hozirda 14ta davlatda roʻyxatdan oʻtgan, kelgusi ikki hafta ichida 25tadan ortiq davlatda roʻyxatdan oʻtkazilishini kutmoqdamiz", - dedi Dmitriyev Davosda boʻlib oʻtgan Jahon iqtisodiy forumining onlayn rejimida boʻlib oʻtgan sessiyasida.

Jamgʻarma har bir mamlakat bilan alohida ish olib bordi, vaktsina ishlab chiqarish boʻyicha koʻplab xalqaro sherikliklar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. “Sputnik V”  vaktsinasi Rossiya, Belarus, Argentina, BAA, Vengriya, Serbiya, Boliviya, Jazoir, Falastin, Venesuela, Paragvay va Turkmanistonda roʻyxatga olingan.

Yevropa Ittifoqi va JSSTda vaktsinalarni roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni boshlandi.

“Sputnik V” vaktsinasi Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi tomonidan Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Preparat insonning adenovirus vektorli platformasiga asoslangan boʻlib, xavfsizlik, samaradorlik va uzoq muddatli salbiy oqibatlarning yoʻqligi - uning muhim afzalliklari hisoblanadi.

Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, oʻtkazilgan tadqiqotda yakuniy nazorat nuqtasida maʼlumotlarni tahlil qilish natijalariga koʻra, uning samaradorligi 91,4 foizni, ogʻir holatlarda esa 100 foizni koʻrsatdi.

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1379)
Teglar:
Sputnik V, vaktsina, koronavirus pandemiyasi, JSST, Yevropa Ittifoqi, Turkmaniston, Venesuela, Falastin, Serbiya, Vengriya, BAA, Argentina, Belarus, Rossiya

Asosiy mavzular