03:48 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
322 0 0

Rossiya va AQSH Strategik hujumkor qurollarni qisqartirish toʻgʻrisidagi shartnomani (DSNV) Moskvaning shartlarida uzaytirishga qaror qildilar.

TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Rossiya va AQSH Strategik hujumkor qurollarni qisqartirish toʻgʻrisidagi shartnomani (DSNV) Moskvaning shartlarida uzaytirishga qaror qildilar, dedi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Sergey Ryabkov.

"Bizning shartlarimiz boʻyicha: besh yilga hech qanday dastlabki shartlarsiz, hech qanday qoʻshimchalarsiz”, - dedi TIV vakili.

Seshanba kuni Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin va Jozef Bayden oʻrtasida telefon orqali suhbat boʻlib oʻtdi. Natijada SNV shartnomasini uzaytirish boʻyicha kelishuvga erishish toʻgʻrisida notalar almashinuvini olqishlashdi.

Oq uyning maʼlumotlariga koʻra, Bayden va Putin oʻz xodimlariga 5 fevralga qadar shartnomani uzaytirishga ulgurish uchun koʻrsatma berishdi.

Rossiya va AQSH oʻrtasidagi SNV-3 shartnomasi 2011 yilning 5 fevralida kuchga kirgan. Hujjatda nazarda tutilishicha, har bir tomonning yadroviy arsenallari shunday kamaytirilishi kerakki, yetti yil ichida va undan keyin ham qurollarning umumiy soni 700 mintaqalararo ballistik raketalar, suv osti kemalari va ogʻir bombardimonchi samolyotlarda joylashgan ballistik raketalar, shuningdek, 1550 boyegolovkalar va 800 ta joylashtirilgan va joylashtirilmaydigan raketalardan oshmasligi kerak.

Bugungi kunda SNV-3 - Rossiya va AQSH oʻrtasida qurollarni cheklash toʻgʻrisidagi amaldagi yagona bitim hisoblanadi. Hujjat muddati 2021 yilning 5 fevralida tugaydi. Agar shartnoma uzaytirilmasa, dunyoda yirik yadroviy derjavalar arsenallarini cheklovchi boshqa bironta hujjat qolmaydi.

Mavzu boʻyicha

Qiyomat kunini yaqinlashtirdi: AQShning SNV-3 kelishuvidan chiqishi dunyoga qanday xavf soladi?
Putin SNV-3 shartnomasini hech qanday shartlarsiz 1 yilga uzaytirishni taklif qildi
"Hech boʻlmasa urinib koʻrish kerak" – mutaxassis “SNV-3” haqida
Rossiya va AQSH SNV-3 bitimini uzaytira oladimi — Kokoshin fikri

Asosiy mavzular