04:15 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
354 0 0

2018 yildan 2020 yil iyuniga qadar Qirgʻiziston bosh vaziri boʻlgan Muhammadkaliy Abilgaziyev noqonuniy yoʻllar bilan boylik orttirganlikda gumonlanib qamoqqa olindi.

TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Qirgʻiziston sobiq bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev qoʻlga olindi.

Abilgaziyev Qirgʻiziston hukumatini 2018 yildan 2020 yil iyun oyiga qadar boshqargan. Oʻtgan yili 15 iyunda radiochastotalar bilan bogʻliq janjaldan keyin isteʼfo bergan edi.

“26 yanvar kuni u soʻroqqa chaqirilgan va shu kunning oʻzida hibsga olingan”, - deyiladi Sputnik Qirgʻiziston xabarida.

Sobiq amaldor noqonuniy yoʻllar bilan boylik orttirganlikda gumon qilinmoqda. Qirgʻiziston milliy xavfsizlik qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Abilgaziyev davlat xizmatida boʻlgan vaqtida noqonuniy ravishda oʻz aktivlarini koʻpaytirgan. Ular uning rasmiy daromadlaridan bir necha baravarga ziyod.

Taʼkidlanishicha, oʻz aktivlarini qonuniylashtirish uchun sobiq bosh vazir Bishkekda, Chuy va Issiq-Koʻl viloyatlarida qimmat koʻchmas mulklarini xarid qilgan. Bundan tashqari, koʻp qavatli elita uylar qurilishiga sarmoya kiritgan. Jinoiy javobgarlikdan boʻyin tovlash uchun bu aktivlar soxta kishilar nomiga rasmiylashtirilgan.

Teglar:
Qirgʻiziston

Asosiy mavzular