12:55 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
46620

Turk-suriya chegarasini noqonuniy kesib oʻtishga uringan 12 nafar jangari qoʻlga olindi. Ulardan 4 nafari Oʻzbekiston fuqarolaridir.

TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Turkiyaning Suriya bilan chegarasida 12 nafar ISHID* terrorchilari qoʻlga olindi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Ularning besh nafari Rossiya, toʻrt nafari Oʻzbekiston va uch nafari Qirgʻiziston fuqarolaridir. Ular ID* aʼzolari ekanligi aniqlangan”, - deyilgan xabarda.

Jangarilar oʻtgan yilgan 31 dekabr kuni Xatay viloyati Reyhanli shahri hududidagi oʻtkazish punktida qoʻlga olingan. Ular turk-suriya chegarasini noqonuniy kesib oʻtishga urinishgan.

Qoʻlga olinganlarning biri Interpolning qizil roʻyxatida boʻlgan.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Teglar:
jangarilar, "Islom davlati", Turkiya

Asosiy mavzular