01:52 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
88112

YEXHT DIIHI Tojikistonda saylovlarni oʻtkazishni yaxshilash va saylov jarayoni shaffofligini oshirish uchun 23ta tavsiyalarni taklif qilmoqda

TOSHKENT, 30 yanv - Sputnik. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YEXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha Idorasi (DIIHI) Tojikistonda boʻlib oʻtgan prezident saylovlari jarayonini tanqid qildi.

YEXHT DIIHI Tojikistonda saylovlarni oʻtkazishni yaxshilash va saylov jarayoni shaffofligini oshirish uchun 23ta tavsiyalarni taklif qilmoqda.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha Idorasi Tojikistonda prezident saylovlari vaqtida huquq va erkinliklar cheklanganiga ishora qilmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston nashri.

"Tojikistonda 2020 yildagi prezident saylovlari tinch, ammo qatʼiy nazorat qilingan,, avvalgi huquq va erkinliklar cheklangan bir muhitda oʻtdi", - deyiladi juma kuni eʼlon qilingan DIIHI yakuniy hisobotida.

Byuroning keltirishicha, saylovlar vaqtida "plyuralistik siyosiy debatlarga oʻrin boʻlmagan va saylovchilarga asl siyosiy alternativalar taqdim qilinmagan".

Yakuniy hisobotda, shuningdek, "saylov jarayonini Tojikistonning YEXHT doirasidagi majburiyatlari va demokratik saylovlar standartlariga muvofiqlashtirish uchun muhim saʼy-harakatlar zarur" deya taʼkidlangan.

Hujjatda saylovlarni oʻtkazishni takomillashtirish va saylov jarayonining shaffofligini oshirish boʻyicha 23 ta tavsiyalar berilgan.

Asosiy tavsiyalar, jumladan, "amaldagi prezidentga maxsus maqom va saylov imtiyozlarini beradigan qoidalarni qayta koʻrib chiqish orqali barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi printsipini qoʻllab-quvvatlash", "qonunchilik bazasining keng qamrovli islohotlar orqali asosiy huquq va erkinliklarning haddan tashqari va kamsituvchi cheklovlarini bartaraf etish", "saylovlar jarayonida administratsiyaning yetarli darajada shaffofligi va hisobdorligi orqali mustaqilligini taʼminlash ".

 

 

Eslatib oʻtamiz, Tojikistonda prezident saylovlari oʻtgan yilning 11 oktyabrida boʻlib oʻtgan edi. Saylovlarda beshinchi marotaba amaldagi davlat rahbari Emomali Rahmon 90,92% ovoz olib, gʻalaba qozondi.

 

Asosiy mavzular