Dmitriy Medvedev Rossiya o‘z internetini qanday himoya qilishini aytib berdi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishZamestitel predsedatelya Sovbeza RF Dmitriy Medvedev
Zamestitel predsedatelya Sovbeza RF Dmitriy Medvedev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2021
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlar Rossiyaga nisbatan dushman pozitsiyasida harakat qilsa, bizda ularga qarshi chora bor - Medvedev.
TOShKENT, 1 fev - Sputnik. Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev  Rossiya o‘z internet tarmog‘ini qanday himoya qilishini aytib berdi.
Medvedev aytishiga ko‘ra, Internetning “kaliti” AQSh qo‘lida, shu sababli uni o‘chirib qo‘yish ehtimoli mavjud. Rossiya har ehtimolga qarshi bunga tayyor bo‘lmoqda.
“Ma’lumki, internet mayan vaqtda muayan davlatda paydo bo‘lgan edi. Shu sababli uni boshqarish huquqi ham – Amerika Qo‘shma Shtatlari qo‘lida. Ushbu “sandiqning kaliti" okean ortida bo‘lgani sababli - favqulodda vaziyat yuz berishi ehtimoli mavjud”, - dedi Medvedev.
Shundan kelib chiqqan holda, maxsus qonun qabul qilingan. Uning asosiy vazifasi – internetning Rossiya segmentini mustaqil boshqarish imkoniyatidir.
“Menimcha, hozircha kiritilgan qoidalar yetarli. Agar ijtimoiy tarmoqlar Rossiya axborotini chop etishdan bosh tortsa yoki Rossiyaga nisbatan dushman pozitsiyasida harakat qilsa – bizda ularga ta’sir qiladigan chora bor, lekin vaziyat bu darajaga yetishini, albatta,  istamagan bo‘lardik”, - dedi Medvedev.
Eslatib o‘tamiz, har qanday xorijiy internet platformalar fuqarolarning irqiy, milliy yoki siyosiy mansubligidan kelib chiqqan holda, axborotni cheklagan taqdirda, ularga nisbatan cheklov choralari qo‘llaniladi. Yangi qonun nafaqat ijtimoiy tarmoqlar, balkim barcha yirik IT-platformalarga tegishli bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0