12:41 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
106 0 0

Qozogʻiston prezidenti 1 fevraldan aholini bosqichma-bosqich ixtiyoriy ravishda koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlashni topshirgan edi.

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Qozogʻistonda aholini koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasi bilan emlash boshlandi. Birinchilar qatorida bosh sanitar shifokor Yerlan Kiyasov va  sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Ajar Giniyat emlandi.

“Qoʻrqinchi emas. Men hamisha emlanib turaman. Bu eng birinchi himoya vositasi. Vaktsinaga ega boʻlgan birinchi mamlakatlardan biri ekanligimizdan xursand boʻlishimiz darkor”, - dedi sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Ajar Giniyat Sputnik Qozogʻiston nashri bilan suhbatda.

Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 1 fevraldan aholini bosqichma-bosqich ixtiyoriy ravishda koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlashni topshirgan edi.

Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasining birinchi partiyasi 31 yanvar kuni 22 ming doza miqdorda Qozogʻistonga yetkazildi. Vaktsina barcha hududlarga taqsimlanadi.

Birinchi bosqichda yirik yuqumli kasalliklar kasalxonalari va kovid markazlari shifokorlarini emlash koʻzda tutilgan. Fevralda 100 ming nafarga yaqin qozogʻistonlik shifokorlar emlanadi.

Oʻzbekiston qaysi vaktsinani tanlaydi

15 fevraldan emlash uchun Qaragʻanda zavodida ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaktsinasidan foydalaniladi.

Bundan tashqari, apreldan mahalliy QazCovid-in vaktsinasi bilan emlash rejalashtirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jazoirda aholini “Sputnik V” vaktsinasi bilan emlash boshlangani xabar qilingan edi.

Teglar:
emlash, vaktsina, Sputnik V, Qozogʻiston

Asosiy mavzular