12:06 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
60410

Amerikalik farmatsevt Syuzi Koen D vitamini yetishmovchiligining gʻayrioddiy belgilari roʻyxatini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Amerikalik farmatsevt Syuzi Koen D vitamini yetishmovchiligining gʻayrioddiy belgilari roʻyxatini eʼlon qildi.

Shifokor quyidagi alomatlarga eʼtibor qaratdi: akne (husnbuzar), yurak aritmiyasi, qon bosimi, seryigʻilik, toliqqanlik, ichak bezovtalanishi, qorin shishishi, keratokonyuktivit quruq, tanada ogʻriq, mushaklarning kuchsizligi, kognitiv pasayishi, neyropatiya, makulodistrofiya, autoimmun kasalliklarning kuchayishi, xirillash, allergiya, qizil yassi temiratki.

Farmatsevt bemorni tibbiy yordamga murojaat qilganda oʻzlarining alomatlarini iloji boricha batafsil aytish zarurligiga eʼtibor qaratdi.

"Koʻpgina shifokorlar s alomatlaringizning bir-biriga bogʻliqligini tushunish uchun barcha belgilarni bilishlari kerak. Bu toʻgʻri davolanishni taʼminlaydi. <...> Shifokoringiz D vitamini yetishmovchiligi sezib, tabletkalar va ukol yozishdan oldin uni toʻldirishni maslahat beradi", - deb tushuntirdi Koen.

D vitamini yetishmovchiligining boshqa belgilariga qonda shakarning koʻpayishi, terida toshmalar, impotentsiya, siydik chiqarish bilan bogʻliq muammolar, qazgʻoq va qaygʻu xurujlari kiradi.

Mutaxassis D vitaminiga boy oziq-ovqatlarni koʻproq isteʼmol qilish, shifokor bilan maslahatlashib, munosib vitamin komplekslarini qabul qilishni tavsiya qildi.

Teglar:
kasallik, vitamin

Asosiy mavzular