00:26 01 Mart 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
553 0 0

Qirgʻiziston parlamentining koʻpchilik deputatlar koalitsiyasi Qirgʻiziston Respublikasi bosh vaziri lavozimiga Ulukbek Maripovning nomzodini maʼqulladi.

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Qirgʻiziston parlamentining koʻpchilik deputatlar koalitsiyasi Qirgʻiziston Respublikasi bosh vaziri lavozimiga Ulukbek Maripovning nomzodini maʼqulladi.

Nomzod “Respublika-Ata-Jurt” fraktsiyasi tomonidan tavsiya qilindi, koalitsiya bu qarorni qoʻllab-quvvatladi. Endi nomzodni tegishli qoʻmitalar va butun parlament tomonidan koʻrib chiqilishi kerak. Agar nomzod deputatlik korpusi tomonidan maʼqullansa, prezident uni lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi farmonni imzolaydi.

Maripov hukumat tuzilishi va tarkibini oʻzgartirish niyati borligini maʼlum qildi. Hozirgi vazirlar mahkamasi 22 kishi oʻrniga 16 aʼzo boʻlishi, bosh vazir oʻrinbosarlari ham kamroq boʻlishi mumkin va hukumat boʻysunadigan muassasalarda islohotlar amalga oshiriladi. Nomzod chorshanba kuni parlament yigʻilishida boʻlajak vazirlar roʻyxatini taqdim etishini aytdi.

Ulukbek Maripov 41 yoshda, 2016 yildan beri Hisob palatasi raisi, qariyb 20 yildan buyon davlat xizmatida - Joʻqorgʻi Kengashi, Moliya vazirligi, FVV, prezident devonida ishlagan. 2011-2015 yillarda Almazbek Atambayevning yordamchisi boʻlgan.

Saylangan prezident Sadir Japarov 20 yanvar kuni bosh vazir lavozimidan isteʼfoga chiqdi. Shu tariqa hukumat avtomatik ravishda isteʼfoga chiqdi, Vazirlar Mahkamasining barcha aʼzolari "vazifasini bajaruvchi" qoʻshimcha bilan ishlashmoqda.

Mavzu boʻyicha

Qozogʻiston prezidenti Sadir Japarovni saylovdagi gʻalabasi bilan tabrikladi
Sadir Japarovning rafiqasi haqida 9ta qiziqarli fakt
Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni gʻalaba bilan tabrikladi
“Qamoqdan prezidentlikka”: Sadir Japarovga oʻxshagan yetakchilar koʻp boʻlganmi?
Sadir Japarov rasman Qirgʻiziston prezidenti boʻldi
Teglar:
Almazbek Atambayev, Bishkek, Sadir Japarov, Qirgʻiziston

Asosiy mavzular