09:36 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
134440

AQShning “Donald Kuk” harbiy kemasi oldidan Rossiyaning Su-24 bambardimonchisi uchib oʻtishi videoga olindi.

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. AQSH harbiy-dengiz kuchlari Twitter'da Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotining Qora dengizda “Donald Kuk” harbiy kemasi yonidan uchib oʻtishi aks etgan videoni joylashtirdi.

Kema bortidan tasvirga olingan kadrlarda samolyot uning yonida qanday uchib oʻtayotgani aks etgan.

“Donald Kuk” kemasi 23 yanvar kuni Qora dengizga kirgandi, bir ozdan soʻng, u yerga yana bir AQShning "Porter" harbiy kemasi yetib keldi. NATO ularning paydo boʻlishini "Rossiya harbiy kuchlarining oshirishiga javob", deb izohladi.

Keyinchalik Rossiya Qora dengiz flotining "Admiral Makarov" fregati mintaqada AQSH 2ta esminetsi paydo boʻlishi fonida mashq oʻtkazdi.

Teglar:
harbiy texnika, AQSH, Rossiya

Asosiy mavzular