00:48 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1379)
59810

Olimlar koronavirus infektsiyasi erkaklarda jiddiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligini maʼlum qilishdi.

TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. Olimlar koronavirus infektsiyasi erkaklarda jiddiy oqibatlarni maʼlum qilishdi. Tadqiqot Reproduction jurnalida chop etildi.

Sinovlardan soʻng, mutaxassislar koronavirus erkaklarda sperma sifati va unumdorligini sezilarli darajada pasaytirayotganini aniqladilar.

Tadqiqotda ishtirok etish uchun 189 nafar koʻngilli jalb qilindi, ulardan 84 nafari COVID-19 bilan kasal boʻlib tuzalgan. Ularda infektsiya alomatlarsiz ham, ogʻir shaklda ham boʻlgan. Barcha ishtirokchilarning oʻrtacha yoshi - 30. Ular tana vazni va organizmda yogʻ foizida sezilarli darajada farq qildi.

Olimlar 60 kun davomida spermani 10 kunlik oraliqda tekshirdilar. Koronavirusni boshdan kechirgan kishilarning tahlillarida yalligʻlanish va oksidlanish jarayonlari aniqlandi. Bundan tashqari, infektsiya spermatozoidlarning harakatlanishi va shakliga salbiy taʼsir koʻrsatdi.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, koronavirusning ogʻir shaklini boshidan kechirgan kishilarda oqibatlari yanada jiddiyroq boʻlgan.

Olimlar kasallikdan bunday taʼsir vaqt oʻtishi bilan kamayishi mumkinligini taʼkidladilar.

Oʻz navbatida, Britaniyaning CARE Fertility Group embriologiya boʻyicha direktori Elison Kempbell erkaklarni bezovta qilmaslikni soʻradi. Uning soʻzlariga koʻra, hozircha "COVID-19 sperma yoki bepushlikka uzoq muddat zarar yetkazishi toʻgʻrisida aniq dalillar yoʻq" dedi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1379)

Mavzu boʻyicha

Qandli diabet, impotentsiya va charchoq - D vitamini yetishmovchiligi gʻayrioddiy alomatlari
Koronavirusning kutilmagan "foydali" xususiyati aniqlandi
Shotut sirkasi koronavirusni davolashda yordam beradimi?
Oʻzbekistonlik va rossiyalik olimlar koronavirusni radiatsiya bilan yengmoqchi
Koronavirus hech qachon yoʻq qilinmaydi – angliyalik ekspert
Teglar:
Buyuk Britaniya, koronavirus pandemiyasi

Asosiy mavzular