05:39 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
821 0 0

"Miss Qozogʻiston - 2019" tanlovi final bosqichida ishtirok etgan Gulnur Nurtaza Qiziloʻrda kafesida idish-tovoq yuvuvchi boʻlib ishlashga majbur boʻldi.

TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. "Miss Qozogʻiston - 2019" tanlovi final bosqichida ishtirok etgan Gulnur Nurtaza Qiziloʻrda kafesida idish-tovoq yuvuvchi boʻlib ishlashga majbur boʻldi, deb xabar qildi 365info.kz.

Qiz shahar kafelaridan birining oshxonasida ishlayotgani aks etgan video internetda paydo boʻldi.

Kadr ortida aytilgan ovozga koʻra, bu Gulnur Nurtaza "Miss Qiziloʻrda - 2017" unvoni sohibi.

Videoda ayol sobiq "miss" boʻlgani, hozirda shunday sharoitda ishlashini inkor etmadi.

19 yoshli Gulnur tanishlarining soʻzlariga koʻra, u qiyin vaziyatga tushib qoldi. Qiz ota-onasidan ayrildi. Uning otasi 2 yil oldin, onasi esa 2 oy oldin vafot etdi. Endi u oʻz-oʻzini boqish uchun ishlashi kerak.

Portal taʼkidlashicha, Gulnurning goʻzalligi unga ayrim muammolarni yuzaga keltirmoqda: ish beruvchi-ayollar erlarini "olib qoʻyishidan" qoʻrqib, unga rad javobini berishadi, erkaklar esa birdan unga intim aloqani taklif qilishadi.

Gulnur Nurtaza 2017 yilda Qiziloʻda shahrining eng goʻzal qizi deb topildi, 2 yil oʻtgach, u milliy goʻzallik tanlovida qatnashdi.

Teglar:
Qozogʻiston

Asosiy mavzular