Jeenbekov ustidan berilgan arizani Qirg‘iziston MXDQ va IIV ko‘rib chiqadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Kirgizskoy Respubliki Sooronbay Jeenbekov
Prezident Kirgizskoy Respubliki Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
Obuna bo‘lish
Arizachilar avvalroq Qirg‘iziston sobiq prezidentini javobgarlikka tortish va uni sobiq prezident maqomidan mahrum qilishga chaqirishgan edi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘tgan yili 5-6 oktabr kuni jabrlangan fuqarolarning Qirg‘iziston sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekov ustidan yozgan arizasi 1-fevral kuni mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) va IIVga yo‘llandi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston nashri xabar qilmoqda.
Mamlakat Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ariza yuborilgan, chunki MXDQ va IIV avvalroq 2020-yil 6-oktabrga o‘tar kechasi namoyishchilarni tarqatib yuborish vaqtida maxsus vositalardan qo‘llanilgani yuzasidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atgan.
Eks-prezident Kirgizstana  Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2020
Sooronbay Jeenbekov va uning ukasi Oliy sudga chaqirildi
Yanvar oxirida Qirg‘iziston Bosh prokuraturasiga oktabr voqealaridan jabrlanganlarning arizasi kelib tushgan edi va ular sobiq prezidenti javobgarlikka tortishni talab qilishgan.
Ariza mualliflari 5-oktabr kuni Ala-Too maydonida tashkil etilgan miting tinch xususiyatga ega bo‘lganini ta’kidlashgan, ammo farmon olgandan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari namoyishchilarga qarshi maxsus vositalardan foydalanishni boshlashgan.
Jabrlanganlar aynan Jeenbekov qurol qo‘llash to‘g‘risida farmon bergan deb hisoblashmoqda. Ular sobiq davlat rahbari javobgarlikka tortilishi zarurligini ma’lum qilishdi hamda uni sobiq prezident maqomidan mahrum qilishni talab qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda 5-oktabr kuni parlament saylovlarini bekor qilish talabi bilan boshlangan miting Jogorku Kenesh binosini ishg‘ol qilish va mamlakatda hukumat o‘zgarishi bilan yaqinlandi. Soroonbay Jeenbekov oktabr o‘rtasida iste’foga chiqdi, muddatidan avvalgi prezident saylovlarida oktabr voqealari vaqtida qamoqdan ozod qilingan Sadir Japarov g‘alaba qozondi. 28-yanvar kuni u mamlakat rahbari vazifalarini bajarishga kirishdi.
Yangiliklar lentasi
0