11:54 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
66020

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti afgʻon-tojik chegarasini mustahkamlash boʻyicha qoʻshimcha choralarni amalga oshiradi.

TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti tojik-afgʻon chegarasini mustahkamlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda, dedi KXSHT bosh kotibi Stanislav Zas.

"Hozir tojik-afgʻon chegarasini mustahkamlash boʻyicha maqsadli davlatlararo dasturni ishlab chiqmoqdamiz. Ushbu muammo doim tashkilot kun tartibida turadi. Ham siyosiy, ham harbiy jihatdan, hamda boshqa sohalarda", - dedi Zas.

KXSHT Bosh kotibi tashkilotning Tojikiston va Afgʻoniston chegaralari yaqinida mashqlarni muntazam ravishda oʻtkazib turishiga eʼtibor qaratdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu KXSHT qoʻshma kuchlarining mumkin boʻlgan tahdidlarni qaytarishga tayyorligini oshirish uchun qilinmoqda.

"Bu yil biz Tojikiston hududida tezkor reaktsiya kuchlari bilan bir qatorda chegara mojarosida qatnashish mavzusida bir qator (manevrlar - tahr.) oʻtkazmoqchimiz", - deb qoʻshimcha qildi u.

Zas “Afgʻonistonni mintaqaviy xavfsizlikka tahdid soluvchi jiddiy manba” deb aytdi.

"Afgʻoniston jiddiy terrorchilik tahdidi manbai boʻlib qolmoqda. Oʻtgan yilning ikkinchi yarmida u yerda 50 dan ortiq terroristik harakatlar sodir etildi, 4 minga yaqin kishi jarohat oldi", - deb xulosa qildi bosh kotib.

Mavzu boʻyicha

ODKB davlatlari biologik xavfsizlik boʻyicha hamkorlikni koʻrib chiqadilar
ODKB Tojikistonda harbiy mashq oʻtkazishni rejalashtirmoqda
Putin ODKB mamlakatlaridagi notinch vaziyat haqida gapirdi
ODKB MDH, SHHT, YEXHT, NATO va YEI bilan uchrashuv tashkil etish taklifini ilgari surdi
Teglar:
chegara, ODKB, Tojikiston, Afgʻoniston

Asosiy mavzular