23:10 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
584 0 0

Xitoy va Rossiya tomonidan boʻlayotgan agressiv harakatlar, amerikalik admiral fikriga koʻra, Vashington tomonidan javobsiz qoldirilishi kerak emas.

TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. AQSH strategik qoʻmondonligi rahbari Charlz Richard Rossiya yoki Xitoy bilan yadroviy urush ehtimoli haqida bayonot berdi. U bu haqda Qoʻshma Shtatlar Harbiy-dengiz institutining rasmiy nashri fevral soni uchun yozgan maqolasida keltirib oʻtgan.

Richardning taʼkidlashicha, Pentagon SSSR barham topgan davrdan buyon yadroviy derjava bilan toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy toʻqnashuv ehtimoli haqida oʻylamagan, ammo hozir holat oʻzgargan.

"Rossiya yoki Xitoy bilan mintaqaviy inqiroz, agar oddiy qurol-aslahalardan foydalanganda yutqazib, bu siyosiy tuzilma yoki davlatga tahdidni yuzaga keltirgan taqdirda, holat qisqa fursatda yadroviy quroldan foydalaniladigan mojaroga aylanib ketishi mumkin", — deb bayonot qildi Richard.

Admiralning soʻzlariga koʻra, Vashingtonning ehtimoliy dushmanlari tomonidan yadroviy quroldan foydalanish ehtimolini inkor etish katta xatolik boʻlar edi.

Richardning fikricha, AQSH mudofaa vazirligi hozirda terrorizmga qarshi kurash bilan mashgʻul boʻlgan bir vaqtda, Rossiya va Xitoy goʻyoki xalqaro normalarga kuch tomonlama chaqiriqlar tashlab, agressiv siyosatni oʻtkaza boshlagan.

Bu esa sovuq urush davridan buyon misli koʻrilmagan holatdir.

Bu singari harakatlar, amerikalik admiral fikriga koʻra, Vashington tomonidan javobsiz qoldirilishi kerak emas.

"Ularning agressiyasini jilovlab turish uchun biz faol tarzda raqobatlashishimiz darkor; ularning tashabbuslariga yon berganda, biz ularning Qoʻshma Shtatlar ularga javob qaytarishni istamaydi yoki javob qaytarolmaydi degan tushunchasini mustahkamlab, bu bilan ularni yanada gʻayratini oshirib yuborish xatarini yuzaga keltirmoqdamiz", — deb yozadi Richard.

Bundan tashqari, u Xitoy va Rossiyaning tobora oshib borayotgan va "insonni zumda oʻziga keltiradigan" yadroviy imkoniyatlarini qayd etib oʻtgan. Jumladan, Richard Rossiya yadroviy kuchlari modernizatsiyasi va Moskva tomonidan ishlab chiqilayotgan yangi qurol-aslahalar haqida batafsil hikoya qilgan.

Asosiy mavzular