00:42 01 Mart 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
172 0 0

Ukrainaning “Muxolifat platformasi – Hayot uchun” partiyasi Vladimir Zelenskiyga impichment jarayonini boshlashini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Ukrainaning “Muxolifat platformasi – Hayot uchun” partiyasi bir qator ukrain telekanallarini yopish qaroridan keyin prezident Vladimir Zelenskiyga impichment jarayonini boshlaydi. Bu haqda fraktsiya hamraisi Vadim Rabinovich maʼlum qildi.

“Yaqin kunlarda bizning keyingi qadamlarimizni belgilab beradigan partiyaning favqulodda qurultoyini oʻtkazamiz. Yodda tuting, siz na partiyamiz, na millionlab saylovchilarimiz ogʻzini yopasiz... Saylovchilar va mamlakat ustidan kulgan prezident Zelenskiyga impichment jarayonini boshlaymiz”, - dedi Rabinich Oliy radadagi chiqishi davomida.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻz farmoni bilan Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining qator ukrain telekanallariga qarshi besh yil muddatga sanktsiya joriy etish qarorini amalga kiritgan edi. Xususan, “112.Ukraina”,” NewsOne” va “ZIK” telekanallari taqiqqa tushgan. Ushbu kanallarda koʻpincha "Muxolifat platformasi – Hayot uchun” partiyasi deputatlari chiqish qilishgan.

Teglar:
impichment jarayoni, Vladimir Zelenskiy, Ukraina

Asosiy mavzular