12:35 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
52011

41 yoshli Ulukbek Maripov Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning yordamchisi va qochoq prezident Qurmanbek Bakiyevning administratsiyasida ishlagan.

TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Bishkekda parlament binosi yaqinida Ulukbek Maripovning Qirgʻiziston bosh vaziri etib tayinlanishiga qarshi miting boʻlib oʻtmoqda.

Sputnik muxbiri xabar qilishicha, taxminan 50 kishi Bosh prokuror oʻrinbosari Nurkamal Nabiyevning isteʼfosini talab qilmoqda. Namoyishchilar oʻz pozitsiyalarini "korruptsiyaga aloqador odamlar hukumatga kerak emas" deb izohlashmoqda.

Hozir parlament yalpi majlisida Maripov nomzodini va taklif etilgan hukumat tarkibini koʻrib chiqmoqda. Avvalroq u Vazirlar Mahkamasi sonini qisqartirayotgani aytib, roʻyxat taqdim etgandi. Ikki bosh vazir oʻrinbosarlari lavozimlari qisqartirilib, ayrim vazirliklar, idoralar va qoʻmitalar birlashtirildi.

41 yoshli Ulukbek Maripov Qirgʻizistonning sobiq rahbari Almazbek Atamboyevning yordamchisi boʻlgan va qochoq sobiq prezident Qurmanbek Bakiyevning administratsiyasida ishlagan, 2016 yildan beri u Hisob palatasining raisi.

Mavzu boʻyicha

“Qamoqdan prezidentlikka”: Sadir Japarovga oʻxshagan yetakchilar koʻp boʻlganmi?
Qirgʻizistonda Atambayevga nisbatan chiqarilgan hukm bekor qilindi
Atambayev sobiq yordamchisi bosh vazir lavozimiga tavsiya qilindi
Izolyator oʻzgardi: Atambayev ochlik eʼlon qildi
Teglar:
korruptsiya, miting, Qirgʻiziston

Asosiy mavzular