09:45 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
76201

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 15 fevraldan Ozarbayjon va Armaniston bilan muntazam parvozlarni tiklash toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi.

TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Rossiya 15 fevraldan Ozarbayjon va Armaniston bilan muntazam parvozlarni tiklaydi. Mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin tegishli hujjatga imzo chekdi.

15 fevraldan Moskva va Boku oʻrtasida  (haftada ikki marta) va Moskva va Yerevan oʻrtasida (haftada toʻrt marta) parvozlar amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, 8 fevraldan Moskva va Bishkek oʻrtasidagi reyslar soni haftasiga uchtagacha koʻpaytiriladi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya 27 mart kuni koronavirus tarqalishi tufayli muntazam xalqaro va charter parvozlarni toʻxtatib qoʻygan edi. Avgust oyida Rossiya Turkiya, Buyuk Britaniya, Tanzaniya bilan parvozlarni qayta tikladi. Keyinchalik Shveytsariya, Misr, BAA, Maldiv, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Janubiy Koreya, Serbiya, Kuba va Yaponiya bilan ham parvozlar oʻzaro kelishuvga asosan tiklandi. Bundan tashqari, 27 yanvardan Vyetnam, Hindiston, Finlyandiya va Qatarga uchishga ruxsat berildi. Shu tariqa, xalqaro aviaqatnovlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda, lekin hozircha Oʻzbekiston bilan tiklangani yoʻq.

Teglar:
aviaparvozlar, Armaniston, Ozarbayjon, Rossiya

Asosiy mavzular