18:38 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
350 0 0

Qirgʻiziston va Rossiya oʻrtasida parvozlarning soni haftasiga oltitaga koʻpaytirildi - Qirgʻiziston TIV.

TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Qirgʻiziston va Rossiya oʻrtasida parvozlarning soni haftasiga oltitaga koʻpaytirildi. Bu haqda Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.

Ayni vaqtda Bishkekdan Moskvaga juma kunlari faqat bitta reys amalga oshiriladi.

8 fevraldan boshlab “Avia Traffik Kompan” aviakompaniyasining 3ta va “Aeroflot” aviakompaniyasi 3ta muntazam parvozni yoʻlga qoʻyadi.

Taʼkidlanishicha, aviachiptalarning narxi sezilarli darajada oʻsdi: yaqin boʻlajak parvozlar uchun chipta 40-50 ming qirgʻiz soʻmiga sotilmoqda.

Bugun Rossiya va Armaniston, Ozarbayjon va Qozogʻiston oʻrtasida parvozlarning tiklanishi haqida maʼlum boʻldi. Shuningdek, Belarusga yoʻlovchi poyezd qatnovi boshlanadi.

Teglar:
aviaparvozlar, Qirgʻiziston, Rossiya

Asosiy mavzular