15:25 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1381)
230 0 0

Olimlar haligacha Uxandagi dengiz mahsulotlari bozori koronavirus tarqalishida qanday rol oʻynagani borasida yakdil fikrga kelgan emas.

TOSHKENT, 4 fev – Sputnik, Janna Manukyan. Xitoyning Uxanidagi dengiz mahsulotlari bozorida yangi koronavirus infektsiyasi - COVID-19 tarqalishi uchun barcha shart-sharoitlar bor, ammo bu virus aynan oʻsha yerda tarqalganligini anglatmaydi, dedi RIA Novostiga BSSTning Rossiyadan vakili, Sankt-Peterburgdagi Paster nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya MTI rahbarining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Vladimir Dedkov.

Sabzavotlar, dengiz mahsulotlari va hatto yovvoyi hayvonlar goʻshti sotilgan Uxandagi "Xuanan" bozori, 2020 yilning 1 yanvarida, oʻsha vaqtda nomaʼlumligicha qolayotgan kasallik boʻyicha olib borilgan surishtiruvlar izi shu bozorga olib kelganida, yopilgan edi. Birinchi kasallanganlar aynan shu bozorda ishlagan. Ammo olimlar haligacha bozor virus tarqalishida qanday rol oʻynagani borasida yakdil fikrga kelgan emas.

"Biz bozorda boʻldik. Men Xitoyning sanitar qoidalari bilan tanish emasman, ammo unga qarab, bizning qonunchiligimiz bilan solishtirgan holda, albatta, bozor ideallikdan yiroqligini koʻrish mumkin ... Bu u yoqda roʻy bergani fakt emas, yaʼni virus u yerda paydo boʻlgani haqida hech qanday isbot yoʻq, virus ehtimol boshqa joyda paydo boʻlgan, ammo virus tarqalishi uchun aslida u yerda barcha sharoitlar bor", - degan Dedkov.

Ekspert bozor avvalgiday holatda emasligini, hozirda u yopiqligini, buzilayotganini aytdi. Ammo bularning barchasiga qaramay, yuqoridagi xulosalarni keltirish mumkin, deb qoʻshimcha qildi u.

"Hammasi juda zich joylashgan, bozor kichkina, tor. Tabiiyki, u yerda istagan holat roʻy berishi mumkin. Sanitar normalarga rioya qilinmayotgan bir vaqtda, infektsiya tarqalishi uchun barcha sharoitlar mavjud. U yerdagi holat shunga olib kelganmi-yoʻq, biz bilmaymiz, ammo hammasi shunday boʻlishi mumkindek koʻrinishga ega. U yerda infektsiya tarqalishi uchun barcha sharoitlar mavjud", - deb qayd etdi ekspert.

Ayni vaqtda Xitoyda BSST xalqaro ekspertlar guruhi boʻlib turibdi. Ular COVID-19 kelib chiqishini oʻrganishmoqda. Mutaxassislar xitoyning Uxaniga 14 yanvar kuni kelishgan va kirib kelishlar bilan majburiy 14 kunlik karantinga joylashtirilgan edilar. 29 yanvar kuni karantin tugadi va ekspertlar ish boshlashdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1381)
Teglar:
Britaniyada koronavirusning yangi shtammi, koronavirus pandemiyasi, koronavirus, Xitoy

Asosiy mavzular