Amerikalik reper peshonasiga 24 mln dollarlik brilliant qo‘ydirdi

© AP / Scott RothAmerikanskiy reper Lil Uzi Vert. Arxivnoe foto
Amerikanskiy reper Lil Uzi Vert. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2021
Obuna bo‘lish
Og‘irligi 10 karat bo‘lgan brilliant shu qadar qimmat ediki, reper u uchun so‘nggi to‘rt yil davomida pul to‘lashiga to‘g‘ri keldi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Amerikalik reper Lil Uzi Vert peshonasiga narxi 24 million dollar turadigan brilliantni yopishtirib oldi. U bu haqda Instagramdagi sahifasida ma’lum qilgan.
Musiqachining so‘zlariga ko‘ra, zargar Elliot Ellianttdan xarid qilingan pushti rang brilliant, shu darajada qimmat bo‘lganki, reper u uchun so‘nggi to‘rt yil davomida pul to‘lashiga to‘g‘ri kelgan. Vertning tan olishicha, u ega bo‘lgan orasida Bugatti Veyron bo‘lgan avtomobillar kolleksiyasi narxi ham, bunday katta summani qoplay olmasdi.
"Go‘zallik - bu og‘riq", — deb yozib qoldirgan reper video tagida.
Reperning muxlislari brilliant peshona markazidan biroz chetga og‘ganiga e’tibor qaratishgan. Rep ijrochisi ularga javoban, bu operatsiyadan keyingi holat ekanligi, yallig‘lanish o‘tib, operatsiya joyi bitgach, "tosh o‘z o‘rniga qaytishini" aytgan.
Reper muxlislari bu singari implant qanchalik xavfsiz, degan savolni o‘rtaga tashlashgan. Ijrochi e’lon qilgan birinchi videoda qon ko‘rinib turgandi-da.
"Agar men uni noto‘g‘ri sug‘ursam, bu mening o‘limim bilan tugashi mumkin", - deb yozgan musiqachi.
Yangiliklar lentasi
0